Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Allohning fikrini bilishga intiling

Allohning fikrini bilishga intiling

Biz barcha ishlarimiz bilan Yahovani mamnun qilishni istaymiz. (Hk 27:11) Buning uchun aniq qonun-qoida bo‘lmagan vaziyatlarda ham Uning fikrlash tarzini aks ettiradigan qarorlar chiqarishimiz kerak. Bunda bizga nima yordam berishi mumkin?

Muqaddas Kitobni muntazam tadqiq qiling. Har safar Muqaddas Kitobni o‘qiganimizda Yahova bilan birga vaqt o‘tkazganday bo‘lamiz. Yahova xalqiga qanday muomala qilganini ko‘rib chiqsak va Uning nazarida to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘l tutgan insonlarning misollarini o‘rgansak, Uning fikrlash tarzini tushuna olamiz. Qaror chiqarishimiz kerak bo‘lganida muqaddas ruh Alloh Kalomini o‘qiganimizda o‘rgangan muhim saboqlarni va prinsiplarni eslashimizga yordam berishi mumkin. (Yuh 14:26)

Izlanish o‘tkazing. Qaror oldida turganingizda o‘zingizdan quyidagicha so‘rang: «Muqaddas Kitobdagi qaysi oyatlar yoki bayonotlar mazkur masala bo‘yicha Yahovaning fikrini bilishimga yordam beradi?» Yahovadan yordam so‘rab ibodat qiling hamda izlanish olib borishga mo‘ljallangan ona tilingizdagi asboblardan foydalaning. Ular vaziyatingizga mos keladigan Muqaddas Kitob prinsiplarini topishingizga va ularni amalda qo‘llashingizga ko‘maklashadi. (Zb 25:4)

«“CHIDAM BILAN CHOPISHIMIZ” KERAK — TO‘YIMLI OVQAT YENG» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Videodagi singlimiz qanday bosimga duch keldi?

  • Adabiyotlarimiz asosida izlanish olib borish shunga o‘xshash bosimga qarshi turishingizga qay yo‘sin yordam beradi?

  • To‘g‘ri qarorlar chiqarish maqsadida izlanish olib borsak va shaxsiy tadqiq qilsak, bu bizga qanday foyda keltiradi? (Ibr 5:13, 14)