Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

19–25-avgust

ZABUR 75–77

19–25-avgust

120-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Nega maqtanchoq bo‘lmaslik kerak?

(10 daq.)

Maqtanchoqlar Xudoga ma’qul kelmaydi (Zb 75:4; 1Tm 3:6; w18.01 28-sah., 4-, 5-xb.)

Jamoatda bizga berilgan sharafli vazifalar Yahovaning hadyasi bo‘lib, bizning qobiliyatlarimizga bog‘liq emas (Zb 75:5–7; w06 15/7 1-sah., 7-xb.)

Yahova mag‘rur insonlarning, masalan, yer yuzidagi takabbur hukmdorlarning popugini pasaytirib qo‘yadi (Zb 76:12)

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 76:10. Qanaqasiga «insonning g‘azabi» Yahovaga sharaf keltirishi mumkin? (w06 15/7 1-sah., 8-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(3 daq.) NORASMIY XIZMAT. Insonga ma’qul tilda jw.org saytidan biron videoni topib, unga diqqat qarating (ammo qo‘yib bermang) va uni muhokama qiling. (lmd 1-dars, 4-paragraf)

5. Suhbat boshlash

(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Inson Xudoga ishonmasligini aytganida suhbatni shunga qarab moslashtiring. (lmd 2-dars, 5-paragraf)

6. Shogird tayyorlash

HAYOT TARZIMIZ

127-qo‘shiq

7. Boshqalar sizni maqtashganda sadoqatli bo‘ling

(7 daq.) Muhokama.

«Iso Masih kabi sadoqatli bo‘ling — Maqtashganda» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Boshqalar Sergeyni maqtashganida u bunga qanday munosabat ko‘rsatganidan nimalarni o‘rgandingiz?

8. Sentyabr oyida «Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobi yoki risolasi yordamida Muqaddas Kitob tadqiqlarini boshlashga qaratilgan maxsus kampaniya

(8 daq.) Xizmat noziri nutq so‘zlaydi. Va’zgo‘ylarni kampaniyada faol ishtirok etishga undang va u bilan bog‘liq mahalliy chora-tadbirlarni aytib o‘ting.

9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 95-qo‘shiq va ibodat