Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

26-avgust–1-sentabr

ZABUR 78

26-avgust–1-sentabr

97-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Isroil xalqining sadoqatsizligi — ogohlantiruvchi misoldir

(10 daq.)

Isroil xalqi Yahovaning ularga qilgan yaxshiliklarini unutgan (Zb 78:11, 42; w09 15/3 8-sah., 1–3-xb., 10-sah., 4-xb.)

Isroil xalqi Yahova taqdim etgan narsalarni qadrlamagan (Zb 78:19; w06 15/7 4-sah., 16-xb.)

Isroil xalqi xatolaridan saboq olishning o‘rniga Yahovaga qayta-qayta sadoqatsizlik qilgan (Zb 78:40, 41, 56, 57; bp112 10-sah., 3-, 4-xb.)


MULOHAZA UCHUN: Yahovaga sadoqatsizlik qilishdan qochishimizga nima yordam beradi?

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 78:24, 25. Nega isroilliklarga berilgan manna «osmonning... [doni]» va «qudratli zotlar... [noni]» deb nomlangan? (w06 15/7 1-sah., 9-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Zb 78:1–22 (th 5-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 5-dars, 5-paragraf)

5. Suhbat boshlash

(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Suhbat boshlash uchun buklamadan foydalaning. Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 5-dars, 4-paragraf)

6. Suhbat boshlash

(1 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Suhbatdoshingiz sizdan qisqa gapirishni so‘raydi. Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 2-dars, 5-paragraf)

7. Suhbat boshlash

(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. Muqaddas Kitobni tilga olmay turib, insonga Yahovaning Shohidi ekaningizni bildirishning tabiiy yo‘lini toping va Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 2-dars, 4-paragraf)

HAYOT TARZIMIZ

96-qo‘shiq

8. Xushxabar voizi Filipning misolidan o‘rganing

(15 daq.) Muhokama.

Muqaddas Kitobdan ko‘pgina yaxshi va yomon misollarni topishimiz mumkin. Bu misollarni o‘rganish uchun vaqt va harakatlar talab etiladi. Muqaddas Kitobdagi bayonotlarni o‘qishdan tashqari, ulardan qanday saboq olishimiz mumkinligi ustida mulohaza yuritishimiz va xulq-atvorimizni shunga yarasha o‘zgartirishimiz kerak.

Xushxabar voizi Filip «muqaddas ruh va donolikka ega» masihiy deb tanilgan. (Hv 6:3, 5) Uning misolidan nimalarni o‘rganishimiz mumkin?

«Ulardan o‘rganaylik. Xushxabar voizi Filip» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilar quyidagilardan qanday o‘rnak olishganini so‘rang:

  • Vaziyat to‘satdan o‘zgarganida Filip nima qilganidan (Hv 8:1, 4, 5)

  • Filip ehtiyoj katta bo‘lgan joyga borishga tayyor bo‘lgani uchun barakalar olganidan (Hv 8:6–8, 26–31, 34–40)

  • Filip va uning oilasi mehmondo‘stlik ko‘rsatgani uchun barakalar olganidan (Hv 21:8–10)

  • Videodagi oila Filipning o‘rnagiga ergashgani uchun quvonchni his qilganidan

9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 101-qo‘shiq va ibodat