Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

29-iyul–4-avgust

ZABUR 69

29-iyul–4-avgust

13-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Isoning hayotidagi voqealar Zaburning 69-sanosida bashorat qilingan

(10 daq.)

Isodan besabab nafratlanishgan (Zb 69:4; Yuh 15:24, 25; w11 15/8 11-sah., 17-xb.)

Iso haq topinishda g‘ayrat ko‘rsatgan (Zb 69:9; Yuh 2:13–17; w10 15/12 8-sah., 7-, 8-xb.)

Iso ich-ichidan ezilgan va unga achchiq narsa qo‘shilgan sharob berishgan (Zb 69:20, 21; Mt 27:34; Lq 22:44; Yuh 19:34; g95 22/10 31-sah., 4-xb.; it-2 650)


MULOHAZA UCHUN: Nega Yahova Masih haqidagi bashoratlarni Ibroniycha yozuvlarga kiritgan?

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 69:30, 31. Qay yo‘sin ushbu oyatlar ibodatlarimizning sifatini yaxshilashga yordam berishi mumkin? (w99 15/1 18-sah., 11-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Zb 69:1–25 (th 2-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Sabr-toqat. Iso nima qilgan?

5. Sabr-toqat. Isoga taqlid qiling

HAYOT TARZIMIZ

134-qo‘shiq

6. Mahalliy ehtiyojlar

(5 daq.)

7. Oilaviy topinishni o‘tkazishda qo‘l keladigan prinsiplar

(10 daq.) Muhokama.

2009-yilning yanvar oyidan boshlab jamoat kitob tadqiqi, Voizlik maktabi hamda Xizmat uchrashuvi birlashtirildi va ular hafta o‘rtasida bir kunda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu esa oilalarga har hafta bir oqshomni o‘zlarining oilaviy topinishiga bag‘ishlashga imkon berdi. Ko‘plar bu uchun minnatdorchilik bildirishdi, chunki mazkur tadbir ularga Yahova hamda bir-birlariga yaqinlashishga ko‘maklashyapti. (Qn 6:6, 7)

Qaysi prinsiplar oila boshiga oilaviy topinishni mazmunli va muntazam o‘tkazishga yordam beradi?

  • Muntazam o‘tkazing. Agar iloji bo‘lsa, oilaviy topinish uchun har hafta aniq vaqtni belgilang. Bordi-yu, kutilmaganda biror narsa yuz bersa, oilaviy topinishni boshqa kunga ko‘chirishga tayyor turing

  • Tayyorgarlik ko‘ring. Xotiningiz bilan maslahatlashing va bolalaringizga vaqti-vaqti bilan taklif bildirishga imkon bering. Tayyorgarlik ko‘rishga haddan tashqari ko‘p vaqt sarflashga hojat yo‘q, ayniqsa, oila a’zolaringiz har hafta oilaviy topinishda bir turdagi ma’naviy ishlarni qilishdan zavq olayotgan bo‘lsa

  • Oila a’zolaringizga mos mavzuni tanlang. Farzandlaringiz ulg‘aygani sayin, ularning ehtiyojlari va qobiliyatlari o‘zgaradi. Siz tanlagan mavzu oilangizning har bir a’zosiga ma’nan o‘sishga yordamlashishi kerak

  • Erkin va sevgiga to‘la muhit yarating. Ob-havo yaxshi bo‘lganida oilaviy topinishni tabiat qo‘ynida o‘tkazishingiz mumkin. Kerak bo‘lsa, oilaviy topinish paytida tanaffuslar qilib turing. Bolalaringiz duch kelayotgan o‘zgacha qiyinchiliklarni muhokama qilish yaxshi bo‘lsa-da, oilaviy topinishni farzandlaringizni koyib berish yoki jazolashning imkoni deb bilmang

  • Birxillikdan qoching. Misol uchun, oilaviy topinishingiz uchrashuvga tayyorlanishni, jw.org saytidan video ko‘rish va uni muhokama qilishni yoki xizmatda uchraydigan vaziyatlarni sahnalashtirishni o‘z ichiga olishi mumkin. Ko‘pincha oilaviy topinish muhokamadan iborat bo‘ladi. Lekin oilaviy topinish dasturiga oilaning har bir a’zosi shaxsiy tadqiq o‘tkazishini ham kiritsa bo‘ladi.

Quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qay yo‘sin ushbu prinsiplarni qo‘llay olasiz?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 114-qo‘shiq va ibodat