Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

5–11-avgust

ZABUR 70–72

5–11-avgust

59-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Kelgusi avlodga Xudoning kuchi haqida aytib bering

(10 daq.)

Dovud yoshligida Yahovaning himoyasini his qilgan (Zb 71:5; w22.01 6-sah., 15-xb.)

Dovud keksaygan chog‘ida Yahovaning yordamini his qilgan (Zb 71:9; w14 15/3 21-sah., 3-, 4-xb.)

Dovud yoshlar bilan hayotida yuz bergan voqealarni bo‘lishib ularga dalda bergan (Zb 71:17, 18; w14 15/1 23-sah., 4-, 5-xb.)

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Yahovaga anchadan beri xizmat qilayotgan imondoshlarimizning qaysi biridan oilaviy topinishda intervyu olgan bo‘lardim?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 72:8. Qay yo‘sin Ibtido 15:18 dagi Ibrohimga berilgan va’da Sulaymonning hukmronligi davrida amalga oshgan? (it-1 768)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Zb 71:1–24 (th 5-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Suhbatdoshingiz bahslashishni boshlaganda, suhbatni ijobiy ruhda tugating. (lmd 4-dars, 5-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. Muqaddas Kitob tadqiqini boshlashga ikkilanayotgan qarindoshingiz bilan o‘tgan safargi suhbatni davom ettiring. (lmd 8-dars, 4-paragraf)

6. E’tiqodingizni tushuntirish

(5 daq.) Nutq. ijwfq 49-maqola. Mavzu: «Nega Yahovaning Shohidlari ba’zi ta’limotlarini o‘zgartirgan?» (th 17-dars)

HAYOT TARZIMIZ

76-qo‘shiq

7. Oilaviy topinish uchun takliflar

(15 daq.) Muhokama.

Oilaviy topinish bolalarga «Yahovaning tarbiyasini» va «Uning pand-nasihati»ni olishga imkon beradi. (Ef 6:4) Bunday ta’lim-tarbiyani olish harakatlar talab etadi, lekin bolalar Muqaddas Kitob haqiqatlariga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirgani sayin bu ta’lim-tarbiyadan zavq olishi mumkin. (Yuh 6:27; 1Btr 2:2) Ota-onalarga oilaviy topinishni ta’lim-tarbiya beradigan va zavq keltiradigan tarzda o‘tkazishga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan « Oilaviy topinish uchun takliflar» ramkasi haqida aytib o‘ting. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Ramkadagi takliflardan qaysi birini qo‘llab ko‘rmoqchisiz?

  • Yana qaysi taklifni foydali deb topdingiz?

«Oilaviy topinishingizni yaxshilashda davom eting» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Qay yo‘sin bolalari alohida yashaydigan oilada er oilaviy topinishni xotiniga zavq keltiradigan tarzda o‘tkaza oladi?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 123-qo‘shiq va ibodat