Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1–7-aprel

ZABUR 23–25

1–7-aprel

4-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. «Yahova mening Cho‘ponimdir»

(10 daq.)

Yahova bizni yetaklaydi (Zb 23:1–3; w05 1/11 1-sah., 9-, 10-xb.)

Yahova bizni himoyalaydi (Zb 23:4; w05 1/11 2-sah., 13–15-xb.)

Yahova bizni oziqlantiradi (Zb 23:5; w05 1/11 2-sah., 17-, 18-xb.)

Mehribon cho‘pon qo‘ylariga g‘amxo‘rlik qilganidek, Yahova ham O‘z xizmatchilariga g‘amxo‘rlik qiladi.

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Yahova shaxsan menga qanday g‘amxo‘rlik qilgan?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 23:3. «Adolat so‘qmoqlari» bu nima va ulardan og‘ib ketmasligimizga nima yordam beradi? (w11 15/2 24-sah., 1–3-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(3 daq.) NORASMIY XIZMAT. Atrof-muhit haqida tashvishlanayotganini aytgan inson bilan Muqaddas Kitobdan daldali oyatni bo‘lishing. (lmd 2-dars, 5-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Sizdan «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasini olgan insonga Muqaddas Kitob tadqiqi qanday o‘tkazilishini ko‘rsating. (lmd 9-dars, 3-paragraf)

6. Shogird tayyorlash

HAYOT TARZIMIZ

54-qo‘shiq

7. Begonalarning ovozini rad etamiz

(15 daq.) Muhokama.

Qo‘ylar cho‘ponining ovozini taniydi va unga ergashadi, begonalardan esa qochadi, chunki ularning ovozini tanimaydi. (Yuh 10:5) Shu singari biz ham mehribon va ishonchli cho‘ponlarimiz bo‘lmish Yahova va Isoning ovoziga quloq solamiz. (Zb 23:1; Yuh 10:11) Lekin «ayyorona gapirib», imonimizni susaytirmoqchi bo‘lgan begonalarning ovozini rad etamiz. (2Btr 2:1, 3)

Ibtido kitobining uchinchi bobida begonaning ovozi birinchi marta yer yuzida eshitilgani haqida aytilgan. Shayton Momohavoga aslida kim ekanini aytmay, uni aldagan. U o‘zini Momohavoning do‘stidek ko‘rsatib, Yahovaning so‘zlari va niyatlari to‘g‘risida yolg‘on gapirgan. Afsuski, Momohavo unga quloq solgan. Buning dastidan u va uning oilasi qattiq azob chekkan.

Bugungi kunda Shayton salbiy xabarlar, qisman rost bo‘lgan ma’lumot va g‘irt yolg‘onlarni tarqatib, bizda Yahova hamda Uning tashkilotiga nisbatan shubha uyg‘otishga urinyapti. Shunga begonaning ovozini eshitishimiz bilanoq qochishimiz kerak! Qiziquvchanligimiz tufayli uni hatto bir soniya eshitish ham xavflidir. Shaytonga Momohavoni yo‘ldan urish uchun u bilan qurgan qisqa suhbati davomida nechta so‘z kerak bo‘ldi? (Ibt 3:1, 4, 5) Bordi-yu, bizni yaxshi ko‘radigan va niyatlari yaxshi bo‘lgan tanishimiz bizga Yahovaning tashkiloti to‘g‘risida salbiy ma’lumot aytmoqchi bo‘lsa, qanday yo‘l tutamiz?

«“Begonalarning ovozini” rad eting» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

Jeyd imondosh bo‘lmagan oyisi bilan yuzaga kelgan vaziyatni qanday hal qilganidan nimani o‘rgandingiz?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 55-qo‘shiq va ibodat