Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

29-aprel–5-may

ZABUR 34–35

29-aprel–5-may

10-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. «Har doim Yahovani» maqtang

(10 daq.)

Hatto qiyinchiliklarni boshdan kechirganida ham Dovud Yahovani sharaflagan (Zb 34:1; w07 1/3 24-sah., 11-xb.)

Dovud o‘zi bilan emas, Yahova bilan maqtangan (Zb 34:2–4; w07 1/3 25-sah., 13-xb.)

Dovud Yahovani ulug‘lagani uning yonidagi odamlarni mustahkamlagan (Zb 34:5; w07 1/3 26-sah., 15-xb.)

Dovud Abumalekdan (Oxishdan) qochib qutulganidan keyin Shouldan da’vosi bor 400 kishi sahroda unga qo‘shilgan. (1Shh 22:1, 2) Dovud ushbu sanoni yozganida aynan shu kishilar haqida o‘ylagan bo‘lishi mumkin. (Zb 34, so‘zboshi)

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Keyingi jamoat yig‘ilishida kim bilandir gaplashganimda qanday qilib Yahovani ulug‘lashim mumkin?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 35:19. Dovud Yahovaga iltijo qilib, undan nafratlanayotganlar «ko‘z qisishiga» yo‘l qo‘ymasligini so‘raganida nimani nazarda tutgan? (w06 15/5 2-sah., 12-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Zb 34:1–22 (th 5-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(2 daq.) NORASMIY XIZMAT. Shohidlik berishingizdan oldin suhbat tugaydi. (lmd 1-dars, 4-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. (lmd 2-dars, 4-paragraf)

6. E’tiqodingizni tushuntirish

(5 daq.) Namoyish. ijwfq 59-maqola. Mavzu: «Bayram Xudoga ma’qul kelish-kelmasligini Yahovaning Shohidlari qanday aniqlaydi?» (th 17-dars)

HAYOT TARZIMIZ

59-qo‘shiq

7. Yig‘ilishlarda Yahovani sharaflashning uchta yo‘li

(15 daq.) Muhokama.

Jamoat yig‘ilishlarida Yahovani sharaflash uchun ajoyib imkoniyatlarimiz bor. Mana ulardan uchtasi.

Suhbatlar. Boshqalar bilan suhbatlashganingizda Yahova qanchalik yaxshi ekani haqida aytib bering. (Zb 145:1, 7) Masalan, sizga foyda keltirgan qandaydir fikrni eshitgandirsiz yoki o‘qigandirsiz. Balki xizmatingizda qiziqarli voqea yuz bergandir yoki kimdir sizga so‘zlari yo ishlari bilan dalda bergandir. Yo bo‘lmasa, biron ijodning qaysidir jihati sizni qoyil qoldirgandir. Ushbu hadyalarning barini Yahova beradi. (Yoq 1:17) Yig‘ilishga oldinroq kelsangiz, bular to‘g‘risida boshqalar bilan suhbatlasha olasiz.

Sharhlar. Har bir yig‘ilishda kamida bitta sharh berishga harakat qiling. (Zb 26:12) Sharhingizda savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishingiz, ikkinchi darajali fikrni aytishingiz, oyat yoki ma’lumotni qo‘llash yo rasmlar borasida gapirishingiz mumkin. Siz sharh bermoqchi bo‘lganingizda, ehtimol, boshqalar ham qo‘lini ko‘tarar, shunga bir nechta sharh tayyorlang. Agar sharhlarimiz 30 soniya yoki undan kamroq bo‘lsa, ko‘proq odam «Allohga hamdu sano qurbonligini... baxshida» eta oladi. (Ibr 13:15)

Qo‘shiqlar. Hamdu sano qo‘shiqlarini zavq bilan kuylang. (Zb 147:1) Qo‘lingizni ko‘targaningizda, ayniqsa, katta jamoatlarda sizdan har safar ham so‘ramasliklari mumkin, lekin hamdu sano qo‘shiqlarini har yig‘ilishda kuylay olasiz. Hatto «Yaxshi kuylay olmayman» deb o‘ylasangiz ham, qo‘lingizdan kelgancha harakat qilsangiz, bu Yahovani quvontiradi! (2Kr 8:12) Qo‘shiq kuylashni uyda mashq qilsangiz bo‘ladi.

«Tariximiz sahifalari. Hadya sifatida berilgan qo‘shiq (1-qism)» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

Tashkilotimiz faoliyatining boshida qo‘shiqlar orqali Yahovaga hamdu sano aytish muhim ekanini qanday ko‘rsatganmiz?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 2024-yilgi hududiy anjuman uchun yangi tarona va ibodat