Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

20–26-may

ZABUR 40–41

20–26-may

102-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Nega boshqalarga yordam berish kerak?

(10 daq.)

Boshqalarga yordam berish bizni baxtiyor qiladi (Zb 41:1; w18.08 22-sah., 16–18-xb.)

Yahova boshqalarga ko‘maklashadiganlarga yordam beradi (Zb 41:2–4; w15 15/12 24-sah., 7-xb.)

Boshqalarga yordam berganimizda Yahovaga sharaf keltiramiz (Zb 41:13; Hk 14:31; w17.09 12-sah., 17-xb.)

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Jamoatimdan kimdir “JW Library” ilovasidan yaxshiroq foydalanish uchun yordamga muhtojmi?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 40:5–10. Ushbu oyatlarga asosan, Yahovani Hukmdorimiz sifatida tan olish bizni nima qilishga undaydi? (it-2 16)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(3 daq.) NORASMIY XIZMAT. Xursandday ko‘ringan inson bilan suhbat boshlang. (lmd 2-dars, 3-paragraf)

5. Suhbat boshlash

(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. Xafaday ko‘ringan inson bilan suhbat boshlang. (lmd 3-dars, 5-paragraf)

6. Shogird tayyorlash

(5 daq.) lff 14-dars, 6-paragraf. Yig‘ilishlarda sharh berishdan tortinayotgan inson bilan «Qo‘shimcha manbalar» qismidagi «Jamoat ichra Tangri Yahovaga hamdu sano ayting» nomli maqoladan bitta fikrni muhokama qiling. (th 19-dars)

HAYOT TARZIMIZ

138-qo‘shiq

7. Yoshi katta imondoshlarimizga yaxshilik qilaylik

(15 daq.) Muhokama.

Yahova hamda biz yoshi katta sadoqatli imondoshlarimiz qilayotgan barcha ishlarni qadrlaymiz. (Ibr 6:10) Yillar mobaynida imondoshlariga ta’lim va dalda berishda ularning ko‘p mehnati singgan. Shubhasizki, ular sizga ham yordam berishgan. Ular oldin qilgan va hozir jamoatda qilib kelayotgan yaxshiliklari uchun minnatdor ekaningizni qanday ko‘rsata olasiz?

«Imondoshlarimizga yaxshilik qilaylik» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Ji Xun birodarimiz U Jin Kang birodarimizdan nimani o‘rgangan?

  • Jamoatingizdagi yoshi katta imondoshlarni nima uchun qadrlaysiz?

  • Mehribon samariyalik kishi haqidagi masaldan nimani o‘rganyapmiz?

  • Nega Ji Xun birodarimiz U Jin Kang birodarimizga yordam berish uchun boshqalarni ham chaqirgani yaxshi bo‘ldi?

Yoshi katta imondoshlarimizning ehtiyojlari haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rsak, ularga yordam berishning ko‘plab yo‘llarini topishimiz mumkin. Bunday imondoshlarimizni ko‘rganingizda ularning qaysidir ehtiyojini qoplash uchun nima qila olishingiz to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. (Yoq 2:15, 16)

Galatiyaliklarga 6:10 ni o‘qing. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Jamoatingizdagi yoshi katta imondoshlarga «yaxshilik qil[ish]» uchun nima qila olasiz?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 8-qo‘shiq va ibodat