Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

27-may–2-iyun

ZABUR 42–44

27-may–2-iyun

86-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Ilohiy ta’limdan to‘liq foyda oling

(10 daq.)

Boshqalar bilan iloji bo‘lsa yuzma-yuz ko‘rishib Yahovaga topining (Zb 42:4, 5; w06 1/6 1-sah., 11-xb.)

Allohning Kalomini tadqiq qilishdan oldin ibodat qiling (Zb 42:8; w12 15/1 15-sah., 2-xb.)

Xatti-harakatlaringizni Muqaddas Kitob yo‘naltirishiga yo‘l qo‘ying (Zb 43:3)

Ilohiy ta’lim bizni mustahkamlab, sinovlarni yengishimizga va bag‘ishlovimizga muvofiq hayot kechirishimizga yordam beradi. (1Btr 5:10; w16.09 5-sah., 11-, 12-xb.)

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 44:19. Sano bastakori «chiyabo‘rilar makonida» deb aytganida, nimaga ishora qilgan bo‘lishi mumkin? (it-1 1242)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 5-dars, 5-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(5 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Suhbatdoshingizni keyingi ommaviy nutqqa taklif qiling. «Yig‘ilish zalida nimalar bo‘ladi?» nomli videoga diqqat qarating (ammo qo‘yib bermang) va uni muhokama qiling. (lmd 7-dars, 5-paragraf)

6. Nutq

(3 daq.) lmd A ilova, 4-haqiqat. Mavzu: «Barcha mukammal sog‘likka ega bo‘ladi». (th 2-dars)

HAYOT TARZIMIZ

21-qo‘shiq

7. Ish va ta’lim masalasida dono qarorlar chiqaring

(15 daq.) Muhokama.

Yoshlar, maktabni tugatganingizdan keyin nima qilishni rejalashtiryapsiz? Ehtimol, siz kashshoflik qilishingizga imkon beradigan qandaydir ishni ko‘zlab qo‘ygandirsiz. Yo bo‘lmasa, bunday ishni topish uchun biron ko‘nikma, sertifikat yoki diplomga ega bo‘lishingizga imkon beradigan qandaydir kurslarga borish haqida o‘ylayotgandirsiz. Bu hayotingizdagi qiziqarli damlardir! Lekin tanlov ko‘p bo‘lgani yoki boshqalar ularga yoqadigan qarorni chiqarishingiz uchun sizga bosim o‘tkazayotgani tufayli qanday yo‘l tutishni bilmasligingiz mumkin. Xo‘sh, dono qarorlar chiqarishingizga nima yordam berishi mumkin?

Matto 6:32, 33 ni o‘qing. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Nega ish va ta’lim masalasida muhim qarorlar chiqarishdan oldin aniq ma’naviy maqsadlarga ega bo‘lish yaxshi?

  • Qay yo‘sin ota-onalar farzandlariga Matto 6:32, 33 ni qo‘llashga yordam berishlari mumkin? (Zb 78:4–7)

Moddiy jihatdan farovon yashash yoki mashhur bo‘lib ketish istagi qarorlaringizga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang. (1Yuh 2:15, 17) Shuni yodda tutingki, ko‘p pulga ega bo‘lish inson Shohlik haqidagi xabarni qabul qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. (Lq 18:24–27) Inson boy bo‘lish uchun ko‘p ishlayotgan bo‘lsa, unga kuchli imonni rivojlantirish va diqqatini Yahovani mamnun qilishga qaratish qiyin bo‘ladi. (Mt 6:24; Mrk 8:36)

«O‘tkinchi narsaga tayanishdan ehtiyot bo‘ling! Boylik» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  •   Qay yo‘sin Hikmatlar 23:4, 5 dono qarorlar chiqarishingizga yordam berishi mumkin?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 47-qo‘shiq va ibodat