Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

6–12-may

ZABUR 36–37

6–12-may

87-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. «Yovuz odamlar dastidan diling og‘rimasin»

(10 daq.)

Yovuz odamlar bizga azob-uqubat keltiradi (Zb 36:1–4; w17.04 10-sah., 4-xb.)

«Yovuz odamlar»dan g‘azablanib yurish ham bizga zarar yetkazadi (Zb 37:1, 7, 8; w22.06 10-sah., 10-xb.)

Yahovaning va’dalariga ishonish bizga tinchlik baxsh etadi (Zb 37:10, 11; w17.04 10–11-sah., 5-, 6-xb.)

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Yangiliklarda yovuzlik ko‘rsatilsa, bu meni tushkunlikka tushiradimi?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 36:6. Sano bastakori Yahovaning odilligi «mahobatli tog‘lardaydir» deganida, nimani nazarda tutgan bo‘lishi mumkin? (it-2 445)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. (lmd 1-dars, 5-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. Oldinlari tadqiq o‘tishni istamagan insonga Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 9-dars, 4-paragraf)

6. Nutq

(5 daq.) w14 15/9 22. Mavzu: «Yahova masihiy oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydimi? (Zb 37:25)» (th 13-dars)

HAYOT TARZIMIZ

33-qo‘shiq

7. Musibat paytiga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?

(15 daq.) Muhokama.

Tabiiy va odam sababchi bo‘layotgan ofatlar dastidan butun dunyodagi imondoshlarimiz moddiy narsalaridan mahrum bo‘lyapti va yaqinlarini yo‘qotyapti. (Zb 9:9, 10) Afsuski, bu har birimiz bilan yuz berishi mumkin, shuning uchun bunday qiyin paytlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

Ofat paytida omon qolishimizga ko‘maklashadigan narsalarni tayyorlab qo‘yishdan a tashqari, bizga yana nimalar yordam berishi mumkin?

  • Hissan tayyorgarlik ko‘ring. Ofatlar bo‘lishi mumkinligini tan oling va ular yuz bersa nima qilishingizni o‘ylab qo‘ying. Moddiy narsalarga qattiq bog‘lanib qolishdan ehtiyot bo‘ling. Bu sizga donolik va qat’iylik bilan yo‘l tutib, xavfsizligingizni hamda hayotingizni moddiy narsalaringizdan ustun qo‘yishga yordam beradi. (Ibt 19:16; Zb 36:9) Qolaversa, moddiy narsalarga qattiq bog‘lanmagan bo‘lsangiz, ofat paytida ularni yo‘qotgan taqdirda ham unchalik kuyinmaysiz. (Zb 37:19)

  • Ma’nan tayyorgarlik ko‘ring. Sizga g‘amxo‘rlik qilish uchun Yahovada kuch va istak borligiga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlang. (Zb 37:18) Jonimizdan tashqari barcha narsamizdan mahrum bo‘lsak-da, Yahova bizni yo‘naltirib, qo‘llab-quvvatlaydi. (Yerm 45:5; Zb 37:23, 24) Ofat yuz berishidan oldin buni o‘zingizga muntazam eslatib turing.

Yahova O‘z va’dalarini amalga oshirishiga ishonsak, U qayg‘uli kunlarda biz uchun qo‘rg‘on bo‘ladi. (Zb 37:39)

«Ofatlarga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Ofatlar paytida Yahova bizga qay yo‘sin yordam bera oladi?

  • Tayyor bo‘lish uchun qanday amaliy choralar ko‘rishimiz mumkin?

  • Ofatdan zarar ko‘rganlarga qay yo‘sin yordam bera olamiz?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 57-qo‘shiq va ibodat