Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2–8-sentabr

ZABUR 79–81

2–8-sentabr

29-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Yahovaning ulug‘ ismiga sevgi ko‘rsating

(10 daq.)

Yahovaga isnod keltiradigan ishlarni qilmang (Zb 79:9; w17.02 9-sah., 5-xb.)

«Yahova» ismini aytib chaqiring (Zb 80:18; ijwbv 3-sah., 4-, 5-xb.)

Yahova Unga itoat qilganlarga va Uning ismiga sevgi ko‘rsatganlarga mo‘l-ko‘l baraka yog‘diradi (Zb 81:13, 16)

Yurish-turishimiz Yahovaga sharaf keltirishi uchun boshqalarga Uning Shohidi ekanimizni aytishimiz kerak

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 80:1. Nega ba’zan Isroilning barcha qabilalariga nisbatan «Yusuf» ismi qo‘llanilgan? (it-2 111)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(1 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 4-dars, 4-paragraf)

5. Suhbat boshlash

(3 daq.) NORASMIY XIZMAT. Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 4-dars, 3-paragraf)

6. Suhbat boshlash

(2 daq.) JAMOAT JOYLARIDA VA’Z QILISH. Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 3-dars, 3-paragraf)

7. Qiziqishni rivojlantirish

(5 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Oldinlari tadqiq o‘tishni istamagan insonga Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 8-dars, 3-paragraf)

HAYOT TARZIMIZ

10-qo‘shiq

8. «Ular Mening ismimni ulug‘laydi»

(15 daq.) Muhokama.

Shayton Adan bog‘ida Yahovaning ismini qoralagan va hozirgacha shunday qilib kelyapti. O‘shandan beri barcha odamlar va farishtalar Yahovaning ismini oqlash kabi muhim qaror oldida turishibdi.

Shayton Yahova haqida tarqatib kelayotgan bo‘htonlarning ba’zilarini ko‘rib chiqaylik. U Xudoni shafqatsiz va zolim Hukmdor ekanlikda ayblayapti. (Ibt 3:1–6; Ayub 4:18, 19) U Yahovaning xizmatchilari aslida Yahovani yaxshi ko‘rmaydi, deb da’vo qilyapti. (Ayub 2:4, 5) Bunisi yetmagandek, u millionlab odamlarni atrofimizdagi go‘zal olamning Yaratuvchisi Yahova emasligiga ishontirib kelyapti. (Rm 1:20, 21)

Bu yolg‘onlar sizga qanday ta’sir qilyapti? Ularni eshitib, hoynahoy, sizda Yahovaning obro‘yini himoya qilish istagi paydo bo‘lgandir. Yahova Unga topinadigan odamlar Uning ismini ulug‘lashda yordam berishni istashini bilgan. (Isha 29:23) Yahovaning ismini ulug‘lashga qay yo‘sin hissa qo‘sha olasiz?

  • Boshqalarga Yahovani tanib-bilishga va Uni sevishga ko‘maklashing. (Yuh 17:25, 26) Boshqalarga Yahova mavjud Shaxs ekanini tasdiqlaydigan dalillar keltirishga hamda Uning ajoyib fazilatlari haqida aytib berishga tayyor bo‘ling. (Isha 63:7)

  • Yahovani butun qalbingiz bilan seving. (Mt 22:37, 38) Yahovaning amrlariga ular sizga foyda keltirayotgani uchungina emas, balki Uning qalbini quvontirishni istayotganingiz uchun bo‘ysuning. (Hk 27:11)

«Sevgingiz hech qachon tugamasin, hatto... maktabda salbiy ta’sirga duch kelsangiz ham» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Qanday qilib Eriyel va Diyego Xudoning ismini himoya qilishdi?

  • Ularni Yahovaning tomonida turishga nima undadi?

  • Ularga qanday taqlid qila olasiz?

9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 90-qo‘shiq va ibodat