Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7–13-oktabr

ZABUR 92–95

7–13-oktabr

84-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Yahovaga xizmat qilish eng zo‘r hayot yo‘li!

(10 daq.)

Yahova Unga topinishimizga loyiq (Zb 92:1, 4; w18.04 26-sah., 5-xb.)

Yahova O‘zining xizmatchilariga qarorlar chiqarishga va baxtli bo‘lishga yordam beradi (Zb 92:5; w18.11 20-sah., 8-xb.)

Yahova Unga hatto keksa yoshda xizmat qiladiganlarni qadrlaydi (Zb 92:12–15; w20.01 19-sah., 18-xb.)

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Hayotimni Yahovaga bag‘ishlab, suvga cho‘mishimga nima to‘sqinlik qilyapti?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 92:5. Nima uchun bu so‘zlar Yahovaning donoligini ta’riflashning yaxshi misoli bo‘la oladi? (cl 176-sah., 18-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Zb 94:1–23 (th 5-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. Inson bilan umumiy mavzularda suhbatlashayotgan paytda va’z qilayotganingiz haqida aytish yo‘lini toping. (lmd 5-dars, 3-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(3 daq.) NORASMIY XIZMAT. Oldinlari xushxabarga ijobiy munosabat ko‘rsatgan, ammo tadqiq o‘tishni istamagan insonga Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 8-dars, 4-paragraf)

6. Shogird tayyorlash

(5 daq.) Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotgan, ammo ma’nan o‘smayotgan inson bilan muhokama. (lmd 12-dars, 5-paragraf)

HAYOT TARZIMIZ

5-qo‘shiq

7. Xavotirlar yoshlarni chulg‘ab olganida

(15 daq.) Muhokama.

Yahovaga xizmat qiladiganlar xavotirlardan xoli emas. Masalan, Dovud hayotining turli davrlarida xavotirni his qilgan. (Zb 13:2; 139:23) Afsuski, bugungi kunda ko‘pgina imondoshlarimiz va hatto ularning orasidagi yoshlar ham bundan mustasno emas. Ba’zan xavotirlar tufayli odatiy ishlarni bajarish, misol uchun, maktabga va yig‘ilishlarga borish qiyindek tuyulishi mumkin. Xavotirlar dastidan hatto vahima xurujlari yoki o‘z joniga qasd qilish fikrlari paydo bo‘lishi hech gap emas.

Yoshlar, agar qachondir qattiq xavotirga tushsangiz, otangiz yo onangiz yoki ma’nan yetuk masihiy bilan gaplashing. Qolaversa, Yahovadan yordam so‘rab ibodat qiling. (Flp 4:6) U sizga albatta yordam beradi. (Zb 94:17–19; Isha 41:10) Stingning misolini ko‘rib chiqing.

«Yahova menga g‘amxo‘rlik qildi» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

• Muqaddas Kitobdagi qaysi oyat Stingga yordam berdi va nima uchun?

• Yahova unga qanday g‘amxo‘rlik qildi?

Ota-onalar, farzandlaringizni sabr ila tinglash, ularga sevgingizni ko‘rsatish va Yahova ularni yaxshi ko‘rishiga ishontirish orqali ularga xavotirlarini yengishga yordam bera olasiz. (Tit 2:4; Yoq 1:19) Yahova sizga farzandlaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘lgan dalda va kuchni berishiga ishoning.

Jamoatimizda kimdir xavotirlardan aziyat chekayotganini bilmasligimiz yoki u nimalarni his qilayotganini tushunmasligimiz mumkin. Lekin jamoatimizdagi barcha o‘zini sevimli va qadrli his qilishi uchun qo‘limizdan kelganini qilib, ularga yordam bera olamiz. (Hk 12:25; Ibr 10:24)

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 81-qo‘shiq va ibodat