15–21-yanvar
AYUB 36–37
147-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)
1. Nega Xudoning abadiy hayot haqidagi va’dasiga ishonishingiz mumkin?
(10 daq.)
Yahovaning O‘zi azaldan toabad mavjud (Ayub 36:26; w22.12 2–3-sah., 3-, 4-xb.)
Yahova hayotni ta’minlash uchun donolik va qudratga ega (Ayub 36:27, 28; w20.05 22-sah., 6-xb.)
Yahova bizga abadiy hayotga qanday ega bo‘lish mumkinligini o‘rgatyapti (Ayub 36:4, 22; Yuh 17:3)
Xudoning abadiy hayot haqidagi va’dasi hozirgi qiyinchiliklarni yengishimizga yordam beradi. (Ibr 6:19; w22.10 28-sah., 16-xb.)
2. Ma’naviy marvaridlar
(10 daq.)
-
Ayub 37:20. Muqaddas Kitobda tilga olingan yurtlarda ma’lumot va yangiliklar ko‘pincha qanday yetkazilgan? (it-1 492)
-
Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?
3. Muqaddas Kitob qiroati
(4 daq.) Ayub 36:1–21 (th 2-dars)
4. Suhbat boshlash
(3 daq.) JAMOAT JOYLARIDA VA’Z QILISH. (lmd 3-dars, 3-paragraf)
5. Qiziqishni rivojlantirish
(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. (lmd 2-dars, 5-paragraf)
6. E’tiqodingizni tushuntirish
(5 daq.) Nutq. ijwfq 57-maqola, 5–15-xb. Mavzu: «Nega Yahovaning Shohidlari Xolokost davrida ta’qib qilingan?» (th 18-dars)
49-qo‘shiq
7. Tibbiy muolaja yoki jarrohlik amaliyoti talab etiladigan vaziyatlarga tayyor bo‘ling
(15 daq.) Muhokama. Muhokamani oqsoqol olib boradi.
Yahovaning tashkiloti Xudoning qon to‘g‘risidagi amriga bo‘ysunishimiz uchun kerakli barcha narsani taqdim etyapti. (Hv 15:28, 29) Ulardan oqilona foydalanyapsizmi?
«Tibbiy amaliyotlarga nisbatan shaxsiy qaror va vakolatnoma» (DPA) va «Shaxsiy guvohnoma» (ic). Ushbu hujjatlarda bemorning qon bilan bog‘liq tibbiy masalalarga nisbatan istaklari yoziladi. Suvga cho‘mgan va’zgo‘ylar adabiyotlarga javobgar birodardan o‘zlari uchun «Vakolatnoma» hujjatini, voyaga yetmagan farzandlari uchun esa «Shaxsiy guvohnoma» hujjatini olishlari mumkin. Biz bu hujjatlarni doim o‘zimiz bilan olib yurishimiz lozim. Agar ularni to‘ldirishingiz yoki yangilashingiz kerak bo‘lsa, buni orqaga surmang.
«Homiladorlar uchun ma’lumot» (S-401) va «Jarrohlik yoki kimyoterapiya muolajalariga muhtoj bemorlar uchun ma’lumot» (S-407). Bu hujjatlar bizga tibbiy muolajalarga, jumladan, qon bilan bog‘liq masalalarga yaxshiroq tayyorlanishimizga yordam beradi. Agar homilador bo‘lsangiz yoki jarrohlik muolajasiga yo saratondan davolanishga muhtoj bo‘lsangiz, jamoatingiz oqsoqollaridan kerakli hujjatni so‘rang.
Kasalxonalar bilan aloqa qilish qo‘mitasi (KAQ). Bu qo‘mitada xizmat qiladigan tajribali oqsoqollar shifokorlarga va va’zgo‘ylarga qon bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot berish uchun ta’lim olishgan. Ular shifokoringiz bilan qonsiz davolash usullarini muhokama qilishlari mumkin. Agar zarurat tug‘ilsa, ular qonsiz davolashga tayyor bo‘lgan shifokorni topishingizga ko‘maklashishadi. Bu birodarlar kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun yordam berishga tayyor. Kasalxonaga yotishingiz, jarrohlik amaliyotini o‘tashingiz yoki qandaydir muolaja olishingiz, masalan, saratonga qarshi davolanishingiz kerak bo‘lgan har bir vaziyatda, hatto u sizning nazaringizda qon bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, imkon qadar tezroq KAQdagi birodarlar bilan bog‘laning. Bu, shuningdek, homilador opa-singillarimizga ham tegishli. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, jamoatingizdagi biron oqsoqoldan KAQdagi birodarlar bilan qanday bog‘lanish mumkinligini so‘rang.
«Kasalxonalar bilan aloqa qilish qo‘mitalari qanday yordam berishadi?» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:
Tibbiy muolaja yoki jarrohlik amaliyoti talab etiladigan vaziyatga duch kelsangiz, KAQ sizga qanday yordam berishi mumkin?
8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi
(30 daq.) bt 4-bob, 9–12-xb., 34-sah. ramka