Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

22–28-yanvar

AYUB 38–39

22–28-yanvar

11-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Yahovaning ijodlarini kuzatishga vaqt ajratyapsizmi?

(10 daq.)

Yerni yaratganidan keyin Yahova O‘z ishi ustida fikr yuritish uchun vaqt ajratgan (Ibt 1:10, 12; Ayub 38:5, 6; w21.08 9-sah., 7-xb.)

Farishtalar Yahovaning ijodlarini kuzatishga vaqt ajratishgan (Ayub 38:7; w20.08 14-sah., 2-xb.)

Yahovaning ijodlarini kuzatishga vaqt ajratsak va ularni qadrlasak, Unga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaymiz (Ayub 38:32–35; w23.03 17-sah., 8-xb.)

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Ayub 38:8–10. Ushbu oyatlar bizga Yahovaning qonun chiqarish vakolati haqida nimani ochib beryapti? (it-2 222)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(2 daq.) NORASMIY XIZMAT. Suhbatdoshingiz siz bilan gaplashishni istamayotganini sezib qolsangiz, suhbatni ijobiy ruhda tugating. (lmd 2-dars, 3-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(5 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Oldingi suhbat paytida inson bundan sal oldin yaqinini yo‘qotganini aytgan. (lmd 9-dars, 3-paragraf)

6. Nutq

(5 daq.) lmd A ilova, 1-haqiqat. Mavzu: «Hozir bo‘layotgan voqealar yaqinda o‘zgarish bo‘lishini ko‘rsatyapti». (th 16-dars)

HAYOT TARZIMIZ

111-qo‘shiq

7. Yahovaning ijodlarini kuzatish muhimroq narsalarni yodda tutishga yordam beradi

(15 daq.) Muhokama.

Uchta do‘sti va Shayton tomonidan hujumga uchraganida, Ayub o‘z muammolari-yu unga qaratilgan asossiz tanqid bilan butunlay ovora bo‘lib qolgan.

Ayub 37:14 ni o‘qing. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

Ma’nan tiklanish uchun Ayub nima qilishi kerak edi?

Tashvishlar girdobida qolganimizda Yahovaning ijodlarini kuzatish Uning ulug‘vorligini yodda tutishga, Unga sadoqatli qolish istagimizni mustahkamlashga va U bizga g‘amxo‘rlik qilishga qodir ekaniga bo‘lgan ishonchimizni kuchaytirishga yordam beradi. (Mt 6:26)

«Ayub kitobidan saboqlar. Hayvonot dunyosi» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

Qanday qilib ushbu video Yahovaga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamladi?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 54-qo‘shiq va ibodat