Shabbat kuni davolash
Nega Iso yahudiy din rahbarlarining munosabatidan qattiq qayg‘urgan? Chunki ular Shabbat qonuniga behisob kichik cheklovlar kiritib, uni qiyinlashtirishgan. Masalan, burgani o‘ldirish taqiqlangan. Insonning hayoti xavf ostida bo‘lgandagina davolash mumkin edi. Bu tufayli Shabbat kuni singan suyaklar yoki shikastlanishlar davolanmagan. Aniq-ravshanki, qo‘li qurigan kishi bilan din rahbarlarining umuman ishi yo‘q edi.