HAYOT TARZIMIZ
«Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»dan mohirlik ila foydalaning
Shogird tayyorlash uy qurishga o‘xshaydi. Muvaffaqiyat bilan qurish uchun asboblarimizdan yaxshi foydalanishni o‘rganishimiz lozim. Ayniqsa, asosiy asbobimiz — Allohning Kalomidan foydalanish mahoratini rivojlantirishimiz darkor. (2Tm 2:15) Shuningdek, shogird tayyorlash maqsadida «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»ga taalluqli boshqa adabiyotlar hamda videolardan unumli foydalanishimiz kerak. *
Qay yo‘sin «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»dan yanada yaxshiroq foydalanishingiz mumkin? 1) Va’zgo‘ylik guruhingiz noziridan yordam so‘rang, 2) tajribali va’zgo‘y yoki kashshof bilan hamkorlik qiling va 3) mashq qilishdan to‘xtamang. Ushbu adabiyot hamda videolardan foydalanishda mahoratingiz oshib borar ekan, hozir amalga oshirilayotgan majoziy qurilish ishidan quvonch his qilasiz.
JURNALLAR
RISOLALAR
KITOBLAR
BUKLAMALAR
VIDEOLAR
TAKLIFNOMALAR
JW.ORG kartochkalari
^ 3- x.b. «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»da keltirilmagan bir nechta adabiyot muayyan toifadagi o‘quvchilarni ko‘zda tutgan holda yozilgan. Agar o‘rinli bo‘lsa, ulardan foydalansa bo‘ladi.