Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Qutlug‘ Kechlikka qay yo‘sin tayyorgarlik ko‘rmoqchisiz?

Qutlug‘ Kechlikka qay yo‘sin tayyorgarlik ko‘rmoqchisiz?

Ushbu yildan boshlab Isoning o‘limini xotirlash kechasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqtimiz bo‘ladi. Qutlug‘ Kechlik marosimi hafta o‘rtasiga tushsa, «Hayot tarzimiz va xizmatimiz» uchrashuvi o‘sha hafta o‘tkazilmaydi. Bordi-yu, dam olish kunlariga tushsa, ommaviy nutq so‘zlanmaydi va «Qo‘riqchi minorasi» tadqiqi ham o‘tkazilmaydi. Shunda jadvalingizda paydo bo‘lgan qo‘shimcha vaqtdan unumli foydalanasizmi? Birinchi asrda bo‘lganidek, bu o‘zgacha kun uchun amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. (Lq 22:7–13; km 3/15 1) Buning uchun barchamiz qalbimizni tayyorlashimiz kerak. Ammo qanday qilib?

  • Bu marosimga borishning muhimligi haqida fikr yuriting. (1Kr 11:23–26)

  • Yahova bilan bo‘lgan shaxsiy munosabatlaringiz haqida ibodat qilib, mulohaza yuriting. (1Kr 11:27–29; 2Kr 13:5)

  • Qutlug‘ Kechlikning mazmun-mohiyatini yorituvchi Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarni o‘qib, mushohada qiling. (Yuh 3:16; 15:13)

Ba’zi va’zgo‘ylar «Muqaddas Yozuvlarni kunda o‘rganamiz» nomli adabiyot bo‘yicha Qutlug‘ Kechlik arafasida o‘qiladigan Muqaddas Kitobdagi oyatlarni o‘qib, ular ustida mulohaza yuritishadi. Boshqalar esa quyida ilova qilingan jadvaldagi Muqaddas Kitob oyatlarini o‘qishadi. Qolganlar Qutlug‘ Kechlik va Yahova hamda Isoning bizga ko‘rsatgan sevgisi haqidagi «Qo‘riqchi minorasi» maqolalalarini qaytadan ko‘rib chiqishadi. Xullas, qanday tadqiq rejasini tanlashingizdan qat’i nazar, iloyo bu sizni Yahova hamda Uning O‘g‘liga yanada ko‘proq yaqinlashtirsin.