Taxminiy suhbatlar
●○○ BIRINCHI SUHBAT
Savol: Parvardigor odamlar uchun nimani niyat qilgan?
Oyat: Ibt 1:28
Ochiq savol: Parvardigor insonlarga nisbatan niyatini amalga oshirishini qayerdan bilamiz?
○●○ BIRINCHI TAKRORIY TASHRIF
Savol: Parvardigor insonlarga nisbatan niyatini amalga oshirishini qayerdan bilamiz?
Oyat: Isha 55:11
Ochiq savol: Parvardigor O‘z niyatini amalga oshirganida, hayot qanday bo‘ladi?
○○● IKKINCHI TAKRORIY TASHRIF
Savol: Parvardigor O‘z niyatini amalga oshirganida, hayot qanday bo‘ladi?
Oyat: Zb 37:10, 11
Ochiq savol: Parvardigor biz uchun tayyorlab qo‘ygan barakalarga erishish uchun nima qilishimiz kerak?
QUTLUG‘ KECHLIKKA TAKLIF ETISH KAMPANIYASI
«Bugun sizni millionlab odamlar tashrif buyuradigan o‘zgacha bir marosimga taklif qilishga keldik. Bu — Iso alayhissalomning o‘limini xotirlash marosimidir». Kishiga taklifnomani bering. «Taklifnomada bu marosim bizning hududimizda qaysi joyda va qaysi vaqtda o‘tishi aytilgan. Shuningdek, sizni bir hafta oldin so‘zlanadigan maxsus nutqqa taklif qilmoqchimiz».
Qiziqish ko‘rsatilganda qoldiriladigan ochiq savol: Iso alayhissalom nima uchun o‘lgan?