HAYOT TARZIMIZ
Xizmatda mahorat oshirish. JW.ORG saytidan foydalanish
BUNING MUHIMLIGI. «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»ga kiradigan har bir adabiyot jw.org saytiga ishora qiladi. jw.org kartochkalari va «Eng muhim savollarga javoblarni qayerdan izlaysiz?» nomli buklamaning maqsadi odamlarni veb-saytimizga yo‘naltirishdir. «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»ga kiradigan biron adabiyotning elektron nusxasini yoki u joylashgan manzilni internet orqali ulashish uchun jw.org saytidan foydalansangiz bo‘ladi. Bu ayniqsa boshqa tilda gapiradigan kishilarga shohidlik berishda asqatadi. Boz ustiga, odamlar shunday savollar berishi mumkinki, javoblari «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»ga kirmaydigan adabiyotlarda berilgan. Agar veb-saytimizdan foydalanishni bilsak, xizmatda yanada samarali bo‘la olamiz.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.
-
«MUQADDAS KITOB TA’LIMOTLARI» sahifasidan foydalaning. Bola tarbiyasi haqida ma’lumot izlayotgan ota yoki onaga shohidlik beryapsiz deylik. Bu holda «БИБЛЕЙСКИЕ УЧЕНИЯ > БРАК И СЕМЬЯ» sarlavhasiga qarang.
-
«ADABIYOTLAR» sahifasidan foydalaning. Maktabda norasmiy shohidlik beryapsiz va sinfdoshingizga «Yoshlarning 10 ta savoliga javoblar» nomli risolani ulashmoqchisiz deylik. Bu holda «ADABIYOTLAR > KITOBLAR VA RISOLALAR» sarlavhasiga qarang.
-
«BIZ HAQIMIZDA» sahifasidan foydalaning. E’tiqodlarimiz haqida qisqacha ma’lumot o‘qib chiqishni istayotgan hamkasbingizga shohidlik beryapsiz deylik. Bu holda «BIZ HAQIMIZDA > KO‘PCHILIKNI QIZIQTIRADIGAN SAVOLLAR» sarlavhasiga qarang.
«JW.ORG SAYTIDAN FOYDALANISH» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI KISHILARGA YORDAM BERA OLISH UCHUN VEB-SAYTNING QAYSI SAHIFASIGA QARASH MUMKINLIGINI KO‘RIB CHIQING:
-
Allohning borligiga ishonmovchi kishiga
-
Yaqinda fojiani boshdan kechirgan kishiga
-
Faoliyatsiz bo‘lib qolgan imondoshimizga
-
Faoliyatimizga qayerdan mablag‘ kelayotganini so‘ragan qiziquvchiga
-
O‘z ona yurtida yig‘ilishga borishni istayotgan chet ellik kishiga