Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Iso birodaringiz uchun ham jonini bergan

Iso birodaringiz uchun ham jonini bergan

Iso nomukammal insonlar uchun hayotini qurbon qilgan. (Rm 5:8) Albattaki, biz uchun jonini berib o‘z sevgisini namoyon etganiga undan minnatdormiz. Shunga qaramay, Masih birodarimiz uchun ham jonini berganini ba’zan o‘zimizga eslatib turishimiz zarur. Biz kabi nomukammal bo‘lgan aka-uka va opa-singillarimizga Masihning sevgisini qanday namoyon eta olamiz? Buning uchta yo‘li bor. Birinchisi, kelib chiqishi biznikidan farqli bo‘lgan kishilarni o‘z davramizga qo‘shib, do‘stlik rishtalarni kengaytirish. (Rm 15:7; 2 Kr 6:12, 13) Ikkinchisi, boshqalarni ranjitadigan so‘zlaru ishlardan ehtiyot bo‘lish. (Rm 14:13–15) Uchinchisi, birov bizga qarshi gunoh qilsa, tezda kechirishga tayyor bo‘lish. (Lq 17:3, 4; 23:34) Agar biz ushbu sohalarda Isoga taqlid qilishga jon kuydirsak, Yahova jamoatimizga tinchlik va birlik ato qiladi.

«GO‘ZAL FAZILATLARGA BURKANING!» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Miki o‘z jamoati haqida qanday fikrda edi?

  • Fikri o‘zgarishiga nima turtki bo‘ldi?

  • Miki o‘z nuqtai nazarini to‘g‘rilashiga Isoning namunasi qanday ko‘maklashdi? (Mrk 14:38)

  • Hikmatlar 19:11 imondoshlarga ijobiy qarashimizga qanday yordam berishi mumkin?