Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Lutning xotini esingizda bo‘lsin

Lutning xotini esingizda bo‘lsin

Lutning xotini Sado‘mdan qochib chiqayotib nega orqasiga o‘girilib qaradi? Muqaddas Kitobda sababi yozilmagan. (Ibt 19:17, 26) Isoning ogohlantirishidan ko‘rinib turganidek, u qoldirib ketgan narsalarini qo‘msagan bo‘lishi mumkin. (Lq 17:31, 32) Biz ham, Lutning xotini singari, Xudoning marhamatidan mahrum bo‘lmaslik uchun nima qilsak bo‘ladi? Moddiy farovonlik hayotimizda birinchi o‘rinni egallashiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. (Mt 6:33) Iso: «Hech kim ikki xo‘jayinga qullik qilolmaydi»,— deb o‘rgatgan. (Mt 6:24) Ammo moddiy narsalar ma’naviy ishlarni hayotimizdan siqib chiqarayotganini sezib qolsak-chi? Ibodatda Yahovadan nimani o‘zgartirishimiz kerakligini ko‘ra bilish uchun fahm-farosat hamda buni qilishga jasorat va kuch so‘rashimiz mumkin.

«LUTNING XOTINI ESINGIZDA BO‘LSIN» NOMLI UCH QISMLI FILMNI ESLANG VA QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • O‘z xatti-harakatim bilan Lutning xotini esimda ekanini qanday ko‘rsata olaman?

    Ko‘proq pul topish bosimi Gloriyaning fikrlash tarziga va so‘zlariyu xatti-harakatiga qanday ta’sir qildi?

  • Lutning xotini biz uchun qanday ogohlantiruvchi misol hisoblanadi?

  • Muqaddas Kitob prinsiplarini qo‘llash Jo va oilasiga qanday yordam berdi?

  • Ishdagi muloqot Annaning ma’naviyligiga qanday ta’sir qildi?

  • Ko‘proq pul topish bosimiga duch kelganimizda nega daldaga muhtoj bo‘lamiz?

  • Brayn va Gloriya ma’naviyligini qanday tiklab olishdi?

  • Ushbu videoda Muqaddas Kitobning qaysi prinsiplari yoritib berildi?