«Oqsoqollarni tayinlash»
Pavlus Titusga «har bir shaharda oqsoqollarni tayinlash» topshirig‘ini beradi. Bugungi kunda oqsoqollar jamoatda birodarlarni tayinlashganida Muqaddas Kitobdagi mazkur namunaga amal qilishadi.
YETAKCHI KENGASH
Yetakchi kengash birinchi asrdagi namunaga rioya qilgan holda, bugungi kunda ham tuman nozirlariga oqsoqollar va jamoat xizmatkorlarini tayinlash kabi mas’uliyatli vazifani topshirgan.
TUMAN NOZIRLARI
Har bir tuman noziri oqsoqollar bergan tavsiyanomalarni puxta va ibodat ila ko‘rib chiqqanidan keyin layoqatli birodarlarni tayinlaydi.
TAYINLANGAN OQSOQOLLAR
Oqsoqollar tayinlanganidan keyin ham Muqaddas Kitobdagi talablarga mos kelishda davom etishlari kerak.