HAYOT TARZIMIZ
Yoshlar, «yaxshi ishlarga g‘ayratli» bo‘ling
Havoriy Pavlus Titusga yo‘llagan maktubida yoshlar, jumladan, Titus ham «ezgu ishlar qilishda har tomonlama... ibrat ko‘rsatish» uchun jon kuydirishlari kerakligini yozgan. (Tit 2:6, 7) O‘sha bobning keyingi oyatlarida Pavlus Yahovaning xalqi «yaxshi ishlarga g‘ayratli» bo‘lishi uchun, Iso ularni poklashini aytadi. (Tit 2:14) Ushbu yaxshi ishlardan biri — Xudoning Shohligi haqida va’z qilish va ta’lim berishdir. Agar yosh bo‘lsangiz, bor kuch-quvvatingizni ko‘makchi yoki doimiy kashshof sifatida xizmat qilish yo‘lida sarflay olasizmi? (Hk 20:29)
Kashshof bo‘lib xizmat qilishni istasangiz, hayot tarzingizni shunga muvofiq moslashtiring. (Lq 14:28–30) Masalan, to‘la vaqtli xizmatda qatnashib, o‘zingizni moddiy tomonlama qanday ta’minlaysiz? Soat normasini bajara olasizmi? Bunga ibodat ila yondashing. (Zb 37:5) Rejangiz haqida ota-onangiz va mohir kashshoflar bilan gaplashing. Keyin esa maqsadingizga erishish uchun qadamlar qo‘ying. Yahova Uning xizmatidagi sa’y-harakatlaringizga albatta baraka beradi!
«YAHOVANI ULUG‘LAYOTGAN YOSHLAR» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Ba’zilar kashshoflik xizmatida qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishdi va buni qanday eplashdi?
-
Ota-onalar farzandlariga doimiy kashshof bo‘lishga qanday yordam bera olishadi?
-
Nega va’zgo‘ylik uchun jadval tuzish muhim?
-
Qay yo‘sin jamoat a’zolari kashshoflarga dalda va yordam bera olishadi?
-
Kashshoflik xizmati qanday barakalar keltiradi?