Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Xizmatda mahorat oshirish — «Haqiqatni qabul qilishga moyil bo‘lganlarga» shogird bo‘lishga yordam berish

Xizmatda mahorat oshirish — «Haqiqatni qabul qilishga moyil bo‘lganlarga» shogird bo‘lishga yordam berish

BUNING MUHIMLIGI. Yahova «mangu hayotga eltuvchi haqiqatni qabul qilishga moyil bo‘lganlarning» qalbida haqiqat urug‘ini o‘stiradi. (Hv 13:48; 1Kr 3:7) Xizmatda e’tiborimizni haqiqatni qabul qilganlarga qaratib, Yahova bilan hamkorlik qilgan bo‘lamiz. (1Kr 9:26) Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotganlar najotga erishish uchun suvga cho‘mish muhimligini tushunishlari lozim. (1Btr 3:21) Biz ularga hayotlariga o‘zgarishlar kiritishga, va’z qilishga, ta’lim berishga va hayotlarini Yahovaga bag‘ishlashga yordam berib, Isoning shogirdi bo‘lishga ko‘maklashamiz. (Mt 28:19, 20)

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Tadqiq o‘tkazishdan maqsad Yahovani tanib-bilish va unga ma’qul kelishga yordam berish ekanini qiziquvchilarga eslating. (Yuh 17:3)

  • Ularga yomon odatlar va shubhali do‘stlar kabi to‘siqlarni yengishga va ma’nan o‘sishga ko‘maklashing.

  • Suvga cho‘mishlaridan oldin va keyin ularni mustahkamlab, dalda bering. (Hv 14:22)

«TANGRI YAHOVA SIZGA YORDAM BERADI» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qanday qo‘rquvlar kishini bag‘ishlanuv va suvga cho‘mishdan to‘xtatishi mumkin?

  • Qay yo‘sin oqsoqollar qiziquvchilarga ma’nan o‘sishga ko‘maklashishi mumkin?

  • Ishayo 41:10 dan Yahova haqida nimani o‘rganyapmiz?

  • Qanday xislatlar tufayli, nomukammal ekanimizga qaramay, Yahovaga ma’qul tarzda xizmat qila olamiz?

Shogird tayyorlashda Yahova bilan qay yo‘sin hamkorlik qilyapmiz?