HAYOT TARZIMIZ
Xizmatda mahorat oshirish. Moslashuvchan bo‘lish
BUNING MUHIMLIGI. Moylanganlar va boshqa qo‘ylar odamlarga «hayot suvini tekinga olishni» taklif qilishyapti. (Vh 22:17) Ushbu ramziy suv Yahova insoniyatni gunoh va o‘limdan ozod etish uchun ko‘rgan barcha chora-tadbirlarini bildiradi. Biz turli urf-odatlarga va diniy e’tiqodlarga ega bo‘lgan odamlarga yordam berish uchun «abadiy xushxabar»ni har birining qalbiga ta’sir qiladigan tarzda yetkazishimiz kerak. (Vh 14:6)
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.
-
Hududingizdagi odamlarning qalbini zabt etadigan mavzu va oyatni tanlang. Masalan, biron-bir taxminiy suhbatni yoki siz muvaffaqiyat ila ishlatib kelgan biron narsani tanlashingiz mumkin. Odamlar qaysi mavzu va oyatlarni yaxshi eshitishadi? El og‘zida yurgan yangi xabarlar bormi? Erkak yo ayol kishilarni ko‘proq nima qiziqtiradi?
-
Suhbat chog‘ida hududingizga xos bo‘lgan salom-alik odobini va madaniyatni inobatga oling. (2Kr 6:3, 4)
-
«Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»dagi adabiyot hamda videolar bilan yaxshilab tanishib chiqing va ularni qiziqish ko‘rsatganlar bilan bo‘lishishga tayyor turing
-
Hududingizda uchratishingiz mumkin bo‘lgan odamlarning tilida adabiyot hamda videolarni yuklab oling
-
Suhbat mavzusini uy egasining ehtiyojlariga qarab moslashtiring. (1Kr 9:19–23) Masalan, uy egasining biron kimi yaqinda qazo qilganini bilib qolsangiz, nima haqida gapirasiz?
VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Va’zgo‘y uy egasi bilan qanday mavzuni muhokama qilishni boshladi?
-
Uy egasi nimalarni boshdan kechirayotgandi?
-
Keltirilgan oyatlardan qaysi biri bu vaziyatga ko‘proq mos kelardi va nega?
-
Hududingizdagi insonlarning qalbini zabt etish uchun muqaddimangizni qanday moslashtirasiz?