Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR | LEVILAR 12–13

Moxov kasalligiga oid qoidalardan saboq oling

Moxov kasalligiga oid qoidalardan saboq oling

13:4, 5, 45, 46, 52, 57

Moxov kasalligiga oid qoidalarning negizida yotgan prinsiplardan ma’naviy salomatligimizni mustahkamlash borasida qanday saboq olishimiz mumkin?

  • Yahova ruhoniylarga moxov kasalligini qanday qilib tezda aniqlash mumkinligini o‘rgatdi. Bugungi kunda ham oqsoqollar ma’naviy jihatdan yordamga muhtoj bo‘lgan jamoat a’zolariga tezda e’tibor qaratishadi. (Yoq 5:14, 15)

  • Isroilliklar moxov kasalligi boshqa joylarga tarqalmasligi uchun undan zararlangan har qanday narsani yo‘q qilishlari kerak edi. Bugungi kunda ham masihiylar hatto ular uchun qadrli hisoblangan, ammo ularni gunohga yetaklashi mumkin bo‘lgan insondan yoki narsadan voz kechishga tayyor bo‘lishlari lozim. (Mt 18:8, 9) Bu qandaydir odatlarni, biz muloqot qiladigan odamlarni yoki o‘yin-kulgilarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Masihiy Yahovaning yordamini qabul qilish qarori qat’iy ekanini qanday ko‘rsata oladi?