Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Jurnallardan foydalanib turing

Jurnallardan foydalanib turing

2018-yildan buyon keng omma uchun mo‘ljallangan jurnallarimizning har sonida faqatgina bitta mavzu yoritilib kelmoqda. Ushbu jurnallarimizning hammasi «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»ga kiradi. Shunga ulardan xizmatda foydalanib turishimiz mumkin. Masalan, ulardan ayrimlarini sayohat qilayotganimizda yoki do‘konga chiqqanimizda o‘zimiz bilan olib yursak bo‘ladi. To‘g‘ri, bu jurnallar odamlar bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilish uchun mo‘ljallanmagan. Ammo ular insonda ma’naviy narsalarga qiziqish uyg‘otishi mumkin.

Suhbatni boshlagach, oyat bilan bo‘lishing va keyin insonga qiziq bo‘ladigan mavzudagi jurnal haqida aytib o‘ting. Masalan, agar suhbatdoshingiz bolalarni katta qilayotgan bo‘lsa yoki qayg‘u yo stressni boshdan kechirayotgan bo‘lsa, unga shunday deyishingiz mumkin: «Yaqinda bu borada bitta qiziqarli maqola o‘qigandim. Maylimi, sizga ko‘rsatsam?» Agar suhbatdoshingizda qiziqish uyg‘onganini sezsangiz, unda birinchi suhbat paytidayoq unga jurnalning bosma yoki elektron nusxasini bersangiz bo‘ladi. Garchi adabiyotlarni tarqatish asosiy maqsadimiz bo‘lmasa-da, jurnallar bizga o‘rgangan narsalariga muvofiq yo‘l tutishni istaydigan kishilarni topishga yordam beradi. (Hv 13:48)

2018

2019

2020

 

Hududingizdagi odamlarni qaysi mavzular qiziqtiradi?