Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Shohlik xabarchilari maktabida o‘qish uchun arizani to‘ldirishga tayyormisiz?

Shohlik xabarchilari maktabida o‘qish uchun arizani to‘ldirishga tayyormisiz?

Siz 23 va 65 yosh oralig‘idamisiz? To‘la vaqtli xizmat qilyapsizmi? Sog‘ligingiz yaxshimi? Va’zgo‘ylarga ehtiyoj katta bo‘lgan joylarda xizmat qila olasizmi? Agar ushbu savollarga «ha» deb javob bergan bo‘lsangiz, unda Shohlik xabarchilari maktabida o‘qish uchun arizani to‘ldirish haqida o‘ylab ko‘rgandirsiz? Maktab boshlanganidan beri minglab juftliklar, bo‘ydoq birodarlar va turmushga chiqmagan opa-singillarimiz arizani to‘ldirib, mazkur maktabda tahsil olishdi. Ammo hozirgi paytda bu maktabda o‘qimoqchi bo‘lgan bo‘ydoq birodarlarga ehtiyoj bor. Shunga, aziz bo‘ydoq birodarlar, Yahovadan Uning qalbini quvontirish va O‘g‘liga taqlid qilish istagingizni oshirishini so‘rang. (Zb 40:8; Mt 20:28; Ibr 10:7) Keyin esa talablarga mos kelish uchun dunyoviy yoki shaxsiy mas’uliyatlaringizni kamaytirish yo‘llarini o‘ylab qo‘ying.

Tashkilotimizning ushbu maktabida tahsil olganlar oldida qanday imkoniyatlar ochiladi? Ulardan ayrimlari o‘zga tilda so‘zlashadigan jamoatda xizmat qilish yoki yirik shaharlarda va’z qilishga tayinlanishadi. Boshqalari esa vaqt o‘tib tuman nozirining o‘rinbosari, tuman noziri yoki to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y sifatida xizmat qilishadi. Yahovaning xizmatidagi bunday imkoniyatlar ustida fikr yuritar ekansiz, iloyim, Ishayo payg‘ambarning «Men boraman! Meni yubor!» degan so‘zlari sizning ham shioringizga aylansin! (Isha 6:8)

«TO‘LA VAQTLI MAXSUS VA’ZGO‘YLAR O‘RIM-YIG‘IMDA FAOL QATNASHMOQDA» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • To‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar qanday tanlanadi?

  • To‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar qanday ishni bajarishadi?

  • To‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lishning qanday barakalari bor?