Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR | MATTO 14–15

Ko‘pchilikni ozchilikning qo‘li bilan oziqlantirish

Ko‘pchilikni ozchilikning qo‘li bilan oziqlantirish

Milodiy 32- yilning Hosil bayrami yaqinlashayotganida Iso mo‘jiza yaratadi. Bu, to‘rtta Injil yozuvchisi tomonidan qalamga olingan yagona mo‘jizadir.

Ushbu mo‘jiza orqali Iso namuna qoldirgan. Bugungi kunga qadar uning o‘zi bu namunaga rioya qilib kelmoqda.

14:16–21

  • Garchi shogirdlarda atigi beshta non va ikkita baliq bo‘lsa ham, Iso ularga xaloyiqni oziqlantirishni aytadi

  • Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi-da, osmonga qarab shukrona duosini aytdi. Keyin nonlarni sindirib, shogirdlariga berdi, ular esa xaloyiqqa tarqatishdi

  • Mo‘jiza tufayli hamma yeb to‘ydi. Iso minglab odamlarni ozchilikning qo‘li bilan — shogirdlari orqali oziqlantirdi

  • Iso oxirgi kunlarda «rizq-ro‘zni vaqtida berib turish uchun» bir vosita tashkil etishini bashorat qilgandi. (Mt 24:45)

  • 1919- yili Iso «uydagilar», ya’ni oziqlanadiganlar ustidan moylanganlarning kichik bir guruhini — «ishonchli va aqlli xizmatkorni tayinlaydi»

  • Moylanganlarning kichik guruhi orqali Iso birinchi asrda o‘rnatgan namunaga ergashmoqda

Iso odamlarni ma’naviy jihatdan oziqlantirish uchun foydalanayotgan vositani tan olib, hurmat qilayotganimni qanday ko‘rsatsam bo‘ladi?