Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

«Ota-onangizni hurmat qilinglar»

«Ota-onangizni hurmat qilinglar»

Iso yer yuzida bo‘lganida «ota-onangizni hurmat qiling» degan amr muhim ekanini ta’kidlagan. (Chq 20:12; Mt 15:4) Shubhasizki, Iso so‘z erkinligiga ega edi, chunki u yoshligida ota-onasiga «bo‘ysunib yurardi». (Lq 2:51) Katta bo‘lganida ham u o‘limidan keyin kimdir onasi uchun qayg‘urishiga g‘amxo‘rlik qildi. (Yuh 19:26, 27)

Bugungi kunda ham ota-onasiga bo‘ysunayotgan va ular bilan til topayotgan masihiy yoshlar ularni hurmat qilishayotganini ko‘rsatishmoqda. Aslida, ota-onamizni hurmat qilish amri haligacha o‘z kuchini yo‘qotmagan. Hatto ota-onamizning yoshi o‘tib qolgan bo‘lsa ham, ularning donoligidan foyda olib, ularni hurmat qilayotganimizni namoyon etishimiz lozim. (Hk 23:22) Qolaversa, ota-onamizning hissiy va moddiy ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilib, ularni hurmat qilganimizni ko‘rsatamiz. (1Tm 5:8) Yosh yo qari bo‘lamizmi, ota-onamiz bilan yaxshi muloqotda bo‘lish — ularni hurmat qilishning siridir.

«OTA-ONAM BILAN QANDAY TIL TOPISHSAM BO‘LADI?» NOMLI ANIMASION ROLIKNI KO‘RIB BO‘LGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Nega ota-onangiz bilan til topishish sizga qiyin bo‘lishi mumkin?

  • Ota-onangiz bilan gaplashayotganda qay yo‘sin ularga hurmat ko‘rsata olasiz?

  • Nega ota-onangiz bilan til topishishga harakat qilish arziydi? (Hk 15:22)

    Ota-onangiz bilan til topishish hayotda muvaffaqiyat qozonishingizga ko‘maklashadi