HAYOT TARZIMIZ
Ota-onalar, bolalaringizga muvaffaqiyat keltiruvchi eng zo‘r imkoniyatni bering
Xudojo‘y ota-onalar bolalari Yahovaning sadoqatli xizmatchisi bo‘lishini juda istaydilar. Ular farzandlarining qalbiga go‘dakligidanoq Muqaddas Kitob ta’limotlarini muhrlash orqali bunga erisha oladilar. (Qn 6:7; Hk 22:6) Buning uchun fidoyi bo‘lish talab qilinadimi? Bo‘lmasam-chi! Ammo urinish arziydi, chunki uning ortida mukofot kutadi. (3Yuh 4)
Ota-onalar Yusuf bilan Maryamdan ko‘p narsani o‘rganishlari mumkin. Ular ko‘p kuch va mablag‘ sarflash kerak bo‘lsa ham, «har yili Quddusga Fisih bayramiga borishardi». (Lq 2:41) Demak, ular oilasining ma’naviy ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yishgan. Bugungi kunda ham ota-onalar farzandlariga so‘zu amalda ta’lim berish maqsadida har bir imkoniyatdan foydalanib, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishlari lozim. (Zb 127:3–5)
«ULAR HECH BIR IMKONNI QO‘LDAN BOY BERMAGAN» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Qay yo‘sin Jon va Sheron Shiller farzandlarini tarbiyalayotib, Shohlik manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishgan?
-
Nega ota-onalar har bir farzandini uning ehtiyojiga ko‘ra tarbiyalashi kerak?
-
Ota-onalar bolalarini imon sinovlariga dosh berishga qanday tayyorlashi mumkin?
-
Farzandlaringizga ma’nan o‘sishga ko‘maklashish uchun Yahovaning tashkiloti taqdim etayotgan qaysi qo‘llanmalardan foydalanyapsiz?