Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Masihning izidan og‘may yuring

Masihning izidan og‘may yuring

Iso bizga o‘rnak qoldirgan. Biz ayniqsa sinov va quvg‘unlarga duch kelganimizda unga taqlid qilishimiz kerak. (1Btr 2:21–23) Iso haqoratlanganda va hatto azob chekkanda ham umuman o‘ch olmagan. (Mrk 15:29–32) Unga chidashga nima yordam bergan? Iso Yahovaning irodasini bajarishga qat’iy qaror qilgan. (Yuh 6:38) Qolaversa, u «oldinda kutayotgan shodlikka» ko‘z tikkan. (Ibr 12:2)

Imonimiz tufayli yomon muomalaga duch kelganimizda, qanday munosabat bildirishimiz kerak? Chin masihiylar «yomonlik evaziga yomonlik qaytarishmaydi». (Rm 12:14, 17) Iso azoblarga qay tarzda chidaganiga taqlid qilsak, Xudoni mamnun etganimizdan xursand bo‘lamiz. (Mt 5:10–12; 1Btr 4:12–14)

«YAHOVANING ISMI HAR NARSADAN USTUNDIR» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Pyotzinger opamiz bir kishilik kamerada bo‘lganida qay yo‘sin vaqtidan oqilona foydalangan?

  • Pyotzinger opamiz va uning eri turli konslagerlarda qanday azoblarni boshdan kechirishgan?

  • Ularga chidashga nima yordam bergan?

Azob chekayotganda Masihning izidan og‘may yuring