Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Shaxsiy tadqiqingizni yanada samaraliroq qiling

Shaxsiy tadqiqingizni yanada samaraliroq qiling

BUNING MUHIMLIGI. Muqaddas Kitobni shaxsan tadqiq qilsak, «haqiqatning kengligi, uzunligi, balandligi, teranliklarini to‘liq anglay» olamiz. (Ef 3:18) Shaxsiy tadqiq ushbu yovuz dunyoda benuqson va pok qolib, «hayot kalomini mahkam tutishimizga» yordam beradi. (Flp 2:15, 16) Qolaversa, u o‘zimizga kerak bo‘lgan ma’lumotni topish imkonini beradi. Muqaddas Kitobni o‘qish va tadqiq qilishga ajratadigan vaqtimizdan qay yo‘sin to‘laqonli foydalana olamiz?

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Muqaddas Kitobingiz qog‘oz shaklida yo elektron formatda bo‘lishidan qat’iy nazar, tadqiq paytida o‘zingiz uchun foydali deb topgan oyatlarning tagiga chizing va ularga qaydlar qiling

  • Allohning Kalomini o‘qiyotganingizda o‘zingizga shunday savollar bering: «Kim? Nima? Qachon? Qaerda? Nega? Qay yo‘sin?»

  • Qo‘shimcha ma’lumot izlang. Tadqiq uchun mavjud bo‘lgan qo‘llanmalardan foydalanib, mavzu va oyat bo‘yicha izlanish olib boring

  • Ma’lumotni o‘zingizga qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rish uchun o‘qiganlaringiz ustida fikr yuriting

  • O‘rganganlaringizni kundalik hayotingizga tatbiq qilishga harakat qiling (Lq 6:47, 48)

«SAMARALI SHAXSIY TADQIQ ORQALI “HAYOT KALOMINI MAHKAM TUTING”» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Ba’zilar shaxsiy tadqiqqa qanday ta’rif berishdi?

  • Nega shaxsiy tadqiqimizni boshlashdan avval ibodat qilishimiz kerak?

  • Muqaddas Kitob parchasini yaxshiroq tushunishimizga nima yordam bera oladi?

  • Tadqiq uchun mo‘ljallangan Muqaddas Kitobimizga qanday belgilar qo‘yishimiz mumkin?

  • Allohning Kalomini tadqiq qilganda nega fikr yuritish shunchalik muhim?

  • O‘rgangan narsalarimiz bilan nima qilishimiz kerak?