Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

O‘yin-kulgini donolik bilan tanlang

O‘yin-kulgini donolik bilan tanlang

Nega o‘yin-kulgini donolik bilan tanlashimiz kerak? Sababi, ko‘rish uchun film, tinglash uchun musiqa, foydalanish uchun sayt, o‘qish uchun kitob yoki o‘ynash uchun videoo‘yin tanlayotganimizda, ongimizni nimalar bilan to‘ldirmoqchi ekanimizni tanlagan bo‘lamiz. Tanlovimiz xulq-atvorimizga ta’sir qiladi. Afsuski, bugungi kundagi o‘yin-kulgilarning aksariyati Yahova qoralaydigan narsalarni o‘z ichiga oladi. (Zb 11:5; Gl 5:19–21) Shuning uchun, Muqaddas Kitob bizni Yahovani sharaflaydigan narsalar haqida o‘ylashda davom etishga chorlamoqda. (Flp 4:8)

«QAYSI O‘YIN-KULGINI TANLASHIM KERAK?» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qaysi jihatdan qadimgi Rimdagi gladiatorlik janglar zamonaviy o‘yin-kulgi turlariga o‘xshab ketadi?

  • Qay yo‘sin jamoat a’zolari yosh masihiylarga o‘yin-kulgini donolik bilan tanlashga yordam bera olishadi?

  • O‘yin-kulgi tanlayotganimizda qay tariqa Rimliklarga 12:9 qo‘l kelishi mumkin?

  • Hududingizda tarqalgan qaysi o‘yin-kulgi turlarini ijobiy deb bilasiz?