Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Taxminiy suhbatlardan qanday foydalansa bo‘ladi?

Taxminiy suhbatlardan qanday foydalansa bo‘ladi?

2018-yilning yanvar oyidan boshlab «Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi»ning muqovasida taxminiy suhbatlar chiqa boshladi. Qiziq, ulardan qanday foydalansa bo‘ladi?

Topshiriq bilan chiqqanda. Taxminiy suhbatda keltirilgan savol, oyat va ochiq savolni qo‘llashingiz mumkin. Lekin bu taxminiy suhbat videosida aytib o‘tilgan so‘zlarni takrorlashingiz kerakligini anglatmaydi. Siz taxminiy suhbatdagi vaziyatni, kirish so‘zlarini, fikr-mulohazalarni va hokazo narsalarni o‘zgartirsangiz bo‘ladi. Ehtimol, «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»dan joy olgan adabiyotlardan birini taklif qilarsiz, garchi bu sizga berilgan topshiriqdagi yo‘l-yo‘riqlarda aytib o‘tilmagan bo‘lsa ham.

Va’zgo‘ylik xizmatida. Taxminiy suhbatlar va’zgo‘ylarga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Agar inson samimiy qiziqish bildirsa va ko‘proq bilishni istasa, ehtimol, takroriy tashrif namunasi yordamida suhbatni davom ettirsangiz bo‘ladi. Taxminiy suhbatlarni o‘zgartirishingiz yoki umuman boshqa muqaddimadan foydalanishingiz mumkin. Balki hududingizdagi odamlarni oldingi sonda chop etilgan taxminiy suhbatning mavzusi, boshqa oyat yoki mahalliy yangiliklar ko‘proq qiziqtirar. Taxminiy suhbatlarni qanday ishlatishingizdan qat’i nazar, maqsadingiz «barini xushxabar uchun, ya’ni uni boshqalar bilan baham ko‘rish niyatida qilishdan» iborat bo‘lsin. (1Kr 9:22, 23)