Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR | MATTO 25

«Hushyor turinglar»

«Hushyor turinglar»

25:1–12

Garchi Iso o‘nta qiz haqidagi masalni moylangan izdoshlariga qarata aytgan bo‘lsa ham, undagi xabar barcha masihiylarga tegishli. (w15 15.3. 12–16) «Shunday ekan, hushyor turinglar, chunki aniq kunni ham, soatni ham bilmaysizlar». (Mt 25:13) Isoning masalini tushuntirib bera olasizmi?

  • Kuyov (1- oyat): Iso

  • Aqlli, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan qizlar (2- oyat): vazifasini sadoqat ila bajarishga tayyor turgan va oxiratgacha yoritkichlar singari porlaydigan moylangan masihiylar (Flp 2:15)

  • «Kuyov kelyapti!» — degan baland ovozning eshitilishi (6- oyat): Iso hozir bo‘lishining belgisi

  • Aqlsiz qizlar (8- oyat): kuyovni kutib olishga chiqqan, ammo hushyorlikni va sadoqatni saqlay olmagan moylangan masihiylar

  • Aqlli qizlar o‘z moyi bilan bo‘lishishdan bosh tortishadi (9- oyat): oxirgi muhr qo‘yilganidan keyin sodiq moylanganlar sadoqatni saqlay olmagan kishilarga yordam bera olishmaydi, sababi, juda kech bo‘ladi

  • «Kuyov kelibdi» (10- oyat): buyuk musibat yakuniga yetay deganda, Iso hukmni ijro etish uchun keladi

  • Aqlli qizlar kuyov bilan birga nikoh bazmiga kirishlari bilanoq eshik yopiladi (10- oyat): Iso moylanganlarni osmonga yig‘adi, ammo sadoqatni saqlay olmaganlar osmondagi mukofotidan mahrum bo‘ladi