HAYOT TARZIMIZ
Taxminiy xat
-
Yuboruvchining manzili sifatida o‘z manzilingizni yozing. Mabodo uni berish oqilona bo‘lmasa kerak, deb o‘ylasangiz, oqsoqollarning ruxsati bilan Yig‘ilish zalining manzilini yozsangiz bo‘ladi. Biroq filial manzilini yuboruvchining manzili sifatida HECH QACHON yozmang.
-
Kishining ismini bilsangiz, unga ismi bilan murojaat qiling. Shu yo‘sin, xatingiz tijorat reklamasi emasligini ko‘rsatgan bo‘lasiz.
-
Imlo, til qoidalari hamda tinish belgilarini inobatga oling. Xatingiz pala-partish emas, chiroyli ko‘rinishi kerak. Agar uni qo‘lda yozsangiz, husnixatingiz tushunarli bo‘lishi lozim. Tanlagan so‘zlaringiz ham o‘ta og‘zaki, ham o‘ta rasmiy bo‘lib ketmasligiga harakat qiling.
Bu sahifadagi taxminiy xatda mazkur maslahatlarga amal qilingan. Hududingizdagi biron kimsaga xat yozsangiz, keltirilgan xatni so‘zma-so‘z ko‘chirish shart emas. Xatingizni ko‘zlangan maqsadga, mahalliy sharoitlar-u urf-odatlarga moslashtiring.