HAYOT TARZIMIZ
Qiziquvchilaringizga ta’lim berayotib, videolardan foydalaning
Ko‘rgazmali qo‘llanmalar insonning diqqatini tortib, o‘rgangan narsalarini tushunishga va eslab qolishga yordam beradi. Bizning eng buyuk Ustozimiz Yahova muhim narsalarni o‘rgatmoqchi bo‘lganida ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalangan. (Ibt 15:5; Yerm 18:1–6) Shuningdek, ularni mohir ustozimiz Iso ham qo‘llagan. (Mt 18:2–6; 22:19–21) So‘nggi yillar davomida ko‘rgazmali qo‘llanmalar orasida videolar katta samara berib kelmoqda. Qiziquvchilaringizga ta’lim berayotib, videolardan mohirona foydalanyapsizmi?
«Xudodan kelgan xushxabar» risolasidan ta’lim berganimizda foydalanishimiz uchun 10 ta video tayyorlangan. Odatda, har bir videoning nomi risoladagi qalin shriftlar bilan yozilgan savollardan biriga mos keladi. Videolarni qachon qo‘yib berish kerakligini ko‘rsatadigan havolalarni risolaning elektron versiyasidan topish mumkin. Boz ustiga, qolgan videolar «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»da mavjud bo‘lgan turli adabiyotlarga qo‘shimcha ma’lumot sifatida xizmat qiladi.
Masalan, qiziquvchingiz siz muhokama qilayotgan Muqaddas Kitobdagi mavzuni tushunishga qiynalayotgandir yoki sinovlarni boshdan kechirayotgandir. Unga yordam berish uchun jw.org® saytimizdagi yoki JW Internet-televideniyemizdagi videolardan foydalaning. Ehtimol, ulardan birini qiziquvchingiz bilan birga tomosha qilib, muhokama qilarsiz.
Har oy yangi videolar chiqariladi. Bu videoroliklarni tomosha qilayotib, boshqalarga ta’lim berayotganda ularni qanday qo‘llashingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.