Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR | IBTIDO 27–28

Yoqub haqli ravishda otasining duosini oladi

Yoqub haqli ravishda otasining duosini oladi

27:6–10, 18, 19, 27–29

Is’hoq Yoqubni duo qilganida, aslida bashorat amalga oshgan

  • 27:28. Yahova Yoqubning avlodiga «sut va asal oqib yotgan» unumdor yurtni bergan (Qn 26:15)

  • 27:29. Isroilliklar (Yoqubning avlodi) edomliklarga (Esovning avlodiga) qaraganda ancha qudratliroq bo‘lgan (Ibt 25:23; 2Shh 8:14)

  • 27:29. Edomliklar isroilliklardan nafratlanishgani uchun la’nati bo‘lishgan va oxir-oqibat xalq sifatida qirilib ketishgan (Hiz 25:12–14)