Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Xizmatda mahorat oshirish. Ko‘zi ojiz insonlarga shohidlik berish

Xizmatda mahorat oshirish. Ko‘zi ojiz insonlarga shohidlik berish

BUNING MUHIMLIGI. Ko‘zi ojiz insonlarning aksariyati begonalar bilan suhbatlashganda o‘zlarini noqulay his qilishadi. Shu bois bunday kishilarga shohidlik berish uchun mahorat talab etiladi. Yahova ko‘zi ojiz odamlarga mehr bilan g‘amxo‘rlik qiladi. (Lv 19:14) Bunday insonlarga Yahova bilan do‘stlashishga ko‘maklashib, Unga taqlid qilgan bo‘lamiz.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Ko‘zi ojiz insonlarni «izlang». (Mt 10:11) Ko‘zi ojiz qarindoshi bor biror kimni taniysizmi? Siz va’z qilayotgan hududda ko‘zi ojiz insonlar uchun mo‘ljallangan maktablar, maxsus uylar yoki boshqa muassasalar bormi? Agar bor bo‘lsa, ular ko‘zi ojiz kishilar uchun mo‘ljallangan adabiyotlarni olishni istaydimi?

  • Shaxsiy qiziqish ko‘rsating. Do‘stona munosabatingiz va samimiy qiziqishingiz ko‘zi ojiz insonga o‘zini bemalol his qilishga yordamlashadi. Mahalliy aholini qiziqtiradigan mavzuda suhbat boshlashga harakat qiling.

  • Ma’naviy yordam ko‘rsating. Umuman ko‘rmaydigan va ko‘rish qobiliyati sust bo‘lgan kishilarga yordam berish maqsadida tashkilotimiz turli formatda adabiyotlar chiqargan. Ko‘zi ojiz insondan ta’lim olishning qaysi usulini yoqtirishini so‘rang. Xizmat noziri ko‘zi ojiz kishilar o‘zlari so‘ragan formatdagi adabiyotlarni olishi uchun adabiyotlarga mas’ul birodar tomonidan maxsus buyurtma blanki to‘ldirilganiga ishonch hosil qilishi lozim.