Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Kimlarni taklif qilmoqchiman?

Kimlarni taklif qilmoqchiman?

Hududimizdagi odamlarni Qutlug‘ Kechlikka taklif qilish uchun har yili astoydil harakat qilamiz. Ularning aksariyatini umuman tanimaymiz. Lekin tanishlarimizni ham taklif qilishimiz lozim. Odamlar taklifnomani tanishlaridan olishsa, bu marosimga kelishlari ehtimoldan yiroq emas. (yb08-U 11-sah., 3-xb.; 14-sah., 1-xb.) Kimlarni taklif qilishingiz mumkin?

  • Qarindoshlar

  • Hamkasblar yoki sinfdoshlar

  • Qo‘ni-qo‘shnilar

  • Qiziqish bildirib, takroran kelib turishingizga rozi bo‘lganlar, o‘tmishda tadqiq o‘tganlar va Muqaddas Kitobni hozir o‘rganayotganlar

Qolaversa, oqsoqollar faoliyatsiz bo‘lib qolganlarni taklif qilishadi. Bordi-yu, biror bir tanishingiz sizning hududingizda yashamasa, qanday yo‘l tutsangiz bo‘ladi? Bunday hollarda jw.org saytining bosh sahifasida joylashgan «BIZ HAQIMIZDA» turkumi ostidagi «Qutlug‘ Kechlik» sarlavhasiga kirib, Qutlug‘ Kechlik u yashaydigan hududda qayerda va qachon o‘tkazilishini aniqlasangiz bo‘ladi. Ushbu yilgi marosim uchun tayyorlanayotib, kimni taklif qilishingiz mumkinligi haqida o‘ylang va ularni taklif qiling.