HAYOT TARZIMIZ
«Alloh birga qo‘shganini...»
Tavrotga binoan, ajrashmoqchi bo‘lgan kishidan qonuniy hujjatni tayyorlash talab qilinardi. Bu chuqur o‘ylamasdan ajralishning oldini olardi. Biroq Isoning davrida diniy rahbarlar ajralish jarayonini osonlashtirishgandi. Erkaklar xotinlaridan har qanday sababga ko‘ra ajrashishi mumkin edi. (Mt 19:7 va Mrk 10:11 ga oid «Taloq xati», «Xotinidan ajralib» nomli tadqiq uchun ma’lumotga qarang.) Iso diqqat-e’tiborni nikohni Yahovaning O‘zi o‘rnatganiga qaratgan. (Mark 10:2–12 ) Er-xotin ikkovi uzilmas rishta bilan bog‘lanib, «bir tan» bo‘lishi kerak edi. Matto kitobidagi o‘xshash oyatga ko‘ra, ajrashish uchun Muqaddas Kitobga asoslangan yagona sabab — «bevafolik» hisoblanadi. (Mt 19:9)
Bugungi kunda, aksariyat odamlar nikohga Iso kabi emas, farziylar kabi nuqtai nazarga ega. Muammolar paydo bo‘lishi bilanoq, dunyodagilar ajrashishga shoshilishadi. Masihiy juftliklar esa, aksincha, nikoh va’dasiga jiddiy qarashadi va qiyinchiliklarni Muqaddas Kitobdagi prinsiplarni qo‘llab yengishga intilishadi. «Sevgi va hurmat oilalarni jipslashtiradi» nomli videoni ko‘rib bo‘lgach, quyidagi savollarga javob bering:
-
Hikmatlar 15:1 ni qay yo‘sin nikohingizda qo‘llay olasiz va bu nega muhim?
-
Hikmatlar 19:11 ni qo‘llash orqali qay tariqa muammolardan qocha olasiz?
-
Agarda nikohingiz jar yoqasida turgan bo‘lsa, «Ajrashishim kerakmi?» deyishning o‘rniga, qaysi savollar haqida mulohaza yuritishingiz lozim?
-
Matto 7:12 ni qo‘llab, qanday qilib yaxshiroq er yo xotin bo‘la olasiz?