Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR | MARK 9–10

Imonni mustahkamlovchi vahiy

Imonni mustahkamlovchi vahiy

9:1–7

Iso qiyofasini o‘zgartirayotib, samoviy Otasi undan mamnun ekanini eshitganida, o‘zini qanday his qilganini bir faraz qilib ko‘ring. Bu vahiy Isoni oldinda kutayotgan azoblarga tayyorlagani turgan gap. Qolaversa, u Butrus, Yoqub va Yuhannoda kuchli taassurot qoldirdi. Ular vahiyni ko‘rib, Iso chindan ham Masih ekaniga amin bo‘lishdi. Garchi qariyb 32 yil o‘tsa ham, bu vahiy Butrusning ongida muhrlanib qoldi va «bashoratli so‘zga» bo‘lgan imonini mustahkamladi. (2Btr 1:16–19)

To‘g‘ri, mazkur hayratomuz vahiyni o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rmagan bo‘lsak-da, u amalga oshayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Iso qudratli shoh sifatida boshqarmoqda. Yaqin orada u «mutlaq g‘alabaga erishib», adolatli yangi dunyoga yo‘l ochadi. (Vh 6:2)

Muqaddas Kitobdagi ushbu bashoratdan qay yo‘sin imoningiz mustahkamlandi?