Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2–8 noyabr

CHIQISH 39–40

2–8 noyabr

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

  • «Muso barcha yo‘l-yo‘riqlarga astoydil amal qiladi» (10 daq.)

    • Chq 39:32. Muso muqaddas chodirni bunyod etish uchun Yahova tomonidan berilgan hamma ko‘rsatmalarga astoydil amal qiladi (w11 15.9. 27-sah., 13-xb.)

    • Chq 39:43. Muqaddas chodir bunyod etilgach, Muso shaxsan o‘zi uni ko‘zdan kechiradi

    • Chq 40:1, 2, 16. Muso Yahovaning ko‘rsatmasiga binoan muqaddas chodirni o‘rnatadi (w05 15.7. 27-sah., 3-xb.)

  • Ma’naviy marvaridlarni izlash (10 daq.)

    • Chq 39:34. Isroilliklar chodir qoplamalari uchun tyulen terisini qayerdan olishgan? (it-2 884-sah., 3-, 4-xb.)

    • Chq 40:34. Uchrashuv chodirini bulut qoplay boshlagani nimaning belgisi bo‘lgan? (w15 15.7. 21-sah., 1-xb.)

    • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasidan Yahova, va’zgo‘ylik xizmati yoki boshqa mavzularga oid qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

  • Muqaddas Kitob qiroati: (4 daq. yoki ozroq) Chq 39:1–21 (th 5-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

  • Birinchi suhbat (video). (4 daq.) Muhokama. Videoda savollar paydo bo‘lganida, videoni to‘xtatib, o‘sha savollarni tinglovchilarga bering. Keyin ulardan shunday so‘rang: Suhbatdoshingiz siyosiy yoki ijtimoiy masalalarni muhokama qilmoqchi bo‘lsa, qanday qilib betaraflikni saqlay olasiz?

  • Birinchi suhbat. (3 daq. yoki ozroq) Taxminiy suhbatdan boshlang. Ma’lum siyosiy masala yoki nomzod borasida fikringizni so‘ragan suhbatdoshingizga javob bering. (th 12-dars)

  • Nutq. (5 daq. yoki ozroq) w16.04 29-sah., 8–10-xb. Mavzu: «Qay yo‘sin gaplarimiz-u fikrlarimizda betaraflikni saqlashimiz mumkin?» (th 14-dars)

HAYOT TARZIMIZ

  • 123-qo‘shiq

  • «Diqqat bilan tinglang» (Mt 13:16). (15 daq.) Videoni qo‘yib bering. Keyin quyidagi savollarni bering: Nima uchun diqqat bilan tinglashimiz kerak? Mark 4:23-, 24-oyatlarning ma’nosi qanday? Ibroniylarga 2:1-oyatdagi so‘zlarning ma’nosini qaysi misol yordamida tushuntirsa bo‘ladi? Diqqat bilan tinglayotganimizni qanday ko‘rsata olamiz?

  • Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi: (30 daq. yoki ozroq) jy 139-bob

  • Xotima so‘zlari (3 daq. yoki ozroq)

  • 139-qo‘shiq va ibodat