Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Xizmatda mahorat oshirish. Telefon orqali va’z qilish

Xizmatda mahorat oshirish. Telefon orqali va’z qilish

BUNING MUHIMLIGI. Telefon orqali va’z qilish — «xushxabarni aytish orqali keng shohidlik berish»ning muhim yo‘lidir. (Hv 20:24) * Bu usul insonnikiga shaxsan tashrif buyurish imkoni bo‘lmaganida qo‘l keladi.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Tayyorgarlik ko‘ring. Tinglovchilaringizga mos keladigan mavzuni tanlang. Keyin esa aytmoqchi bo‘lgan gaplaringizni o‘zingiz uchun qisqacha yozib oling. Ushbu yozuvlaringizni va sizga kerak bo‘ladigan boshqa narsalarni, masalan, elektron qurilmangizni oldingizdagi stolga qo‘yib, qurilmangizda «JW Library®» ilovasi yoki jw.org® saytini ochib qo‘ysangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  • Hayajonlanmang. Tabiiy gapiring. Siz bilan telefonda gaplashayotgan inson oldingizda turganini tasavvur qiling va o‘rinli imo-ishoralardan foydalanib, tabassum qiling. Maqsadsiz pauzalardan qoching.

  • Takroriy tashrif uchun zamin yarating. Agar inson qiziqish ko‘rsatsa, unga savol berib, javobini keyingi safar muhokama qilishga kelishib oling. Shuningdek, agar suhbatdoshingiz xohlasa, unga muayyan bir adabiyotimizni elektron pochta yoki oddiy pochta orqali jo‘natishingiz yoki unikiga shaxsan olib borishingiz mumkinligini ayting. Yoxud unga SMS orqali yozishib turishni yo elektron maktublar orqali videolarimiz yoki adabiyotlarimizdan birini jo‘natishni taklif qiling. Agarda o‘rinli bo‘lsa, suhbatdoshingizga saytimizdagi Onlayn Muqaddas Kitob darslari (hozircha o‘zbek tilida chiqmagan) yoki boshqa materiallar haqida aytib bering.

^ 3- x.b. Agar hududingizda telefon orqali va’z qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa, bu shaxsiy ma’lumotga tegishli qonunlarga muvofiq qilingan bo‘lishi zarur.