18–24-noyabr
ZABUR 107–108
7-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)
1. «Yahovaga shukrona ayting, chunki U yaxshidir»
(10 daq.)
Yahova Isroil xalqini Bobildan ozod etgani kabi bizni ham Shaytonning dunyosidan xalos etdi (Zb 107:1, 2; Kls 1:13, 14)
Yahovaga bo‘lgan minnatdorlik bizni Unga jamoatda hamdlar aytishga undaydi (Zb 107:31, 32; w07 1/5 8-sah., 2-xb.)
Yahova biz uchun qilgan yaxshiliklari haqida fikr yuritsak, qalbimizda Unga nisbatan minnatdorlik tuyg‘usi oshadi (Zb 107:43; w15 15/1 9-sah., 4-xb.)
2. Ma’naviy marvaridlar
(10 daq.)
-
Zb 108:13. O‘zimizni zaif his qilganimizda qay yo‘sin kuchga ega bo‘lishimiz mumkin? (w23.10 17-sah., 20-xb.)
-
Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?
3. Muqaddas Kitob qiroati
(4 daq.) Zb 107:1–28 (th 5-dars)
4. Suhbat boshlash
(3 daq.) NORASMIY XIZMAT. (lmd 1-dars, 4-paragraf)
5. Qiziqishni rivojlantirish
(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. Suhbatdoshingizga Muqaddas Kitobni tadqiq qilish dasturi haqida aytib bering. Keyin unga Muqaddas Kitob tadqiqi kartochkasini bering. (lmd 9-dars, 3-paragraf)
6. Nutq
(5 daq.) ijwyp 90-maqola. Mavzu: «Salbiy fikrlash tarzidan qanday qocha olaman?» (th 14-dars)
46-qo‘shiq
7. Biz Yahovaga minnatdorchilik bildirish uchun qo‘shiq kuylaymiz
(15 daq.) Muhokama.
Yahova vahimaga tushgan Isroil xalqini Qizil dengizda Misr qo‘shinidan qutqarganidan keyin Isroil xalqi Unga minnatdorchiligini izhor etish uchun qo‘shiq kuylashga tushgan. (Chq 15:1–19) Bu yangi qo‘shiqni erkaklar kuylashni boshlashgan. (Chq 15:21) Iso va ilk masihiylar ham Xudoga madhlar kuylashgan. (Mt 26:30; Kls 3:16) Bugungi kunda biz ham jamoat yig‘ilishlarida va anjumanlarda qo‘shiq kuylab Yahovaga o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Masalan, hozir biz kuylagan «Rahmat Senga, Yahova» nomli qo‘shiq 1966-yildan beri jamoat yig‘ilishlarida kuylanmoqda.
Ba’zi hududlarda erkaklar omma oldida kuylashdan uyaladi. Ayrim odamlar esa ovozim chiroyli emas, deb o‘ylaydi, shunga qo‘shiq kuylamaydi. Ammo unutmasligimiz kerakki, yig‘ilishlarimizda qo‘shiq kuylash topinishimizning bir qismi hisoblanadi. Yahovaning tashkiloti qo‘shiqlarni bastalash va har bir yig‘ilishda qaysi qo‘shiqlarni kuylashni tanlash uchun ko‘p mehnat qiladi. Bizdan kutiladigan narsa — samoviy Otajonimizga sevgi va minnatdorchiligimizni izhor etish uchun imondoshlarimiz bilan jo‘rlikda kuylash, xolos.
«Tariximiz sahifalari. Hadya sifatida berilgan qo‘shiq (2-qism)» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:
-
1944-yili nima yuz berdi?
-
Sibirga surgun qilingan imondoshlarimiz hamdu sano qo‘shiqlari uchun minnatdor ekanini qanday ko‘rsatishgan?
-
Nega qo‘shiqlar kuylash Yahovaning Shohidlari uchun juda muhim?
8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi
(30 daq.) bt 18-bob, 6–15-xb.