Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

23–29-dekabr

Zabur 119:121–176

23–29-dekabr

31-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. O‘zimizni ortiqcha iztiroblardan qanday asrashimiz mumkin?

(10 daq.)

Xudoning amrlarini seving (Zb 119:127; w18.06 17-sah., 5-, 6-xb.)

Yomonlikdan nafratlaning (Zb 119:128; lvs 126-sah., 20-, 21-xb.)

Yahovaga quloq soling va «tajribasiz kishi[larning]» xatolarini qaytarmang (Zb 119:130, 133; Hk 22:3)

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Xudoning amrlariga bo‘lgan sevgimni oshirish yoki yomonlikka nisbatan nafratimni kuchaytirish uchun hayotimga (yo ma’naviy odatlarimga) qanday o‘zgarishlar kiritishim kerak?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 119:160. Bu oyatga binoan, nimaga amin bo‘lishimiz kerak? (w23.01 2-sah., 2-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. (lmd 1-dars, 5-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Suhbatdoshingizga uni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni jw.org saytida qanday topish mumkinligini ko‘rsating. (lmd 8-dars, 3-paragraf)

6. Shogird tayyorlash

(5 daq.) Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotgan, ammo yig‘ilishlarga muntazam qatnamayotgan inson bilan muhokama. (lmd 12-dars, 4-paragraf)

HAYOT TARZIMIZ

121-qo‘shiq

7. Pul sizga ortiqcha muammolar keltirishiga yo‘l qo‘ymang

(15 daq.) Muhokama.

Pulga mehr qo‘yganlar «ko‘pgina azoblarga duch kelib, o‘zlarini yaralash[adi]». (1Tm 6:9, 10) Agar pulga o‘ch bo‘lsak va uni hayotimizda barcha narsadan ustun qo‘ysak, quyidagi muammolarga yo‘liqishimiz mumkin:

  • Yahova bilan yaqin do‘stona munosabatlarga ega bo‘la olmaymiz (Mt 6:24)

  • Hech qachon pulga to‘ymaymiz (Vz 5:10)

  • Yomon ishlarga qo‘l urishga, jumladan, yolg‘on gapirishga, o‘g‘rilik va muttahamlik qilishga moyilroq bo‘lamiz. (Hk 28:20) Yomon ish qilib qo‘yganimiz oqibatida esa o‘zimizni aybdor his qilamiz, yomon obro‘ orttiramiz va Xudoning marhamatidan mahrum bo‘lamiz

Ibroniylarga 13:5 ni o‘qing va keyin quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Pulga nisbatan qanday nuqtai nazar bizni hissiy azoblardan asraydi va nega?

Agar puldan oqilona foydalanmasak, hatto unga mehr qo‘ymagan taqdirda ham muammolarga duch kelishimiz mumkin.

«Puldan oqilona foydalaning» nomli ANIMATSION ROLIKNI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Nima uchun byudjet tuzishimiz kerak va buni qanday qila olamiz?

  • Nega ma’lum miqdorda pul yig‘ib qo‘yish yaxshi?

  • Nima uchun zaruratsiz qarz olish oqilona emas?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 101-qo‘shiq va ibodat