2024-yil 30-dekabr–2025-yil 5-yanvar
ZABUR 120–126
144-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)
1. Ular ko‘z yoshlar bilan urug‘ ekishgan, ammo quvonch bilan hosil yig‘ishgan
(10 daq.)
Isroilliklar pok topinishni qayta tiklash uchun Bobil asirligidan ozod qilinganida baxtiyor edi (Zb 126:1–3)
Yahudiyaga qaytganlar mashaqqatli mehnat qilishlariga to‘g‘ri kelgani uchun ko‘z yosh to‘kkan bo‘lishi mumkin (Zb 126:5; w04 1/6 16-sah., 10-xb.)
Bu odamlar taslim bo‘lishmadi va barakalarga ega bo‘lishdi (Zb 126:6; w21.11 24-sah., 17-xb.; w01 15/7 18–19-sah., 13-, 14-xb., rasmga qarang)
MULOHAZA UCHUN: Armageddonda bu yovuz dunyodan ozod qilinganimizdan keyin, barcha narsani qayta qurishimizga to‘g‘ri kelganda qanday qiyinchiliklarga duch kelamiz? Qanday barakalarga ega bo‘lamiz?
2. Ma’naviy marvaridlar
(10 daq.)
-
Zb 124:2–5. Yahova Isroil xalqini jismonan himoya qilganidek, bizni ham shunday himoya qilishini kutsak bo‘ladimi? (w14 15/2 20-sah., 18-xb.)
-
Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?
3. Muqaddas Kitob qiroati
(4 daq.) Zb 124:1–126:6 (th 5-dars)
4. Suhbat boshlash
(3 daq.) JAMOAT JOYLARIDA VA’Z QILISH. (lmd 3-dars, 5-paragraf)
5. Qiziqishni rivojlantirish
(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Oldingi safar inson Muqaddas Kitobda yozilganlar borasida shubhalari borligini aytadi. (lmd 9-dars, 5-paragraf)
6. Shogird tayyorlash
155-qo‘shiq
7. Xudoning va’dalari amalga oshishini intiqib kuting
(15 daq.) Muhokama.
Yahova Bobilga surgun qilingan xalqiga bergan va’dalarini bajardi. U ularni ozod qildi va o‘tmishdagi gunohlarini kechirdi. (Isha 33:24) Qolaversa, Yahova xalqini hamda ularning uy hayvonlarini sherlar va boshqa hayvonlardan himoya qildi. Xalq surgunda bo‘lgan paytda ularning yurtida bunday hayvonlar ko‘payib ketgandi. (Isha 65:25) Surgundan qaytganlar oldida o‘z uylarida maza qilib yashash va uzumzorlarining hosilidan bahramand bo‘lish imkoniyati ochildi. (Isha 65:21) Xudo ularning mehnatiga baraka berdi va ular uzoq umr ko‘rib, hayotdan zavqlanib yashashdi. (Isha 65:22, 23)
«Xudoning tinchlik haqidagi va’dalaridan shodlaning (videolavha)» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:
-
Bu bashoratlar hozir amalga oshayotganini nimadan ko‘ryapmiz?
-
Qanday qilib bu bashoratlar yangi dunyoda yanada kengroq miqyosda amalga oshadi?
-
Ulardan qay biri amalga oshishini ayniqsa intiqib kutyapsiz?
8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi
(30 daq.) bt 20-bob, 8–12-xb., 161-sah. ramka