Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4–10-noyabr

ZABUR 105

4–10-noyabr

3-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. «U O‘z ahdini abadiy yodda tutadi»

(10 daq.)

Yahova Ibrohimga va’da bergan va bu va’dani Is’hoq hamda Yoqubga takrorlagan (Ibt 15:18; 26:3; 28:13; Zb 105:8–11)

Ushbu va’daning amalga oshishi imkonsizday tuyulgan bo‘lishi mumkin (Zb 105:12, 13; w23.04 28-sah., 11-, 12-xb.)

Yahova Ibrohimga bergan va’dasini hech qachon unutmagan (Zb 105:42–44; w10 1/1 11-sah., 4-, 5-xb.)


O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Yahovaga to‘liq tayanishim mumkinligini bilish menga qanday yordam beryapti?»

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Zb 105:19. Qanaqasiga «Yahovaning so‘zlari» Yusufni pok qilgan edi? (w16.08 23-sah., 13-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(1 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Uy egasi band ekanini aytadi. (lmd 2-dars, 5-paragraf)

5. Suhbat boshlash

(2 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Suhbatdoshingiz bahslashishni boshlaganida suhbatni ijobiy ruhda tugating. (lmd 4-dars, 5-paragraf)

6. Qiziqishni rivojlantirish

(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Suhbatdoshingizga uni oldingi safar qiziqtirgan mavzuni yorituvchi jurnalni taklif qiling. (lmd 8-dars, 3-paragraf)

7. Qiziqishni rivojlantirish

(4 daq.) NORASMIY XIZMAT. Suhbatdoshingizga «JW Library®» ilovasi haqida aytib bering va uni yuklashga ko‘maklashing. (lmd 9-dars, 5-paragraf)

HAYOT TARZIMIZ

84-qo‘shiq

8. Yahovaning O‘g‘liga sevgimizni qay yo‘sin ko‘rsata olamiz?

(15 daq.) Muhokama.

Vaqtimiz, kuchimiz va mablag‘larimizdan Shohlik ishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalansak, Shohimiz Iso Masihga bo‘lgan sevgimizni namoyon etamiz. Bunday tarzda ko‘rsatilgan sevgi Yahovani mamnun qiladi va imondoshlarimizga foyda keltiradi. (Yuh 14:23) jw.org saytidagi «Xayr-ehsonlar qay yo‘sin sarflanadi?» nomli maqolalar turkumidan xayr-ehsonlarimiz butun dunyodagi imondoshlarimizga qanchalik ko‘p yordam berayotganini ko‘rsa bo‘ladi.

«Xayr-ehsonlaringiz qanchalik ahamiyatga ega?» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Xayr-ehsonlarimiz diniy erkinligimizni himoya qilish uchun ishlatilgani imondoshlarimizga qanday foyda keltirdi?

  • Mablag‘ masalasida «muvozanat saqlan[gani]» Yig‘ilish zallarining qurilishiga qanday yordam berdi? (2Kr 8:14)

  • Xayr-ehsonlar Muqaddas Kitobni ko‘plab tillarga tarjima qilish ishini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilgani qanday samara keltirdi?

9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 97-qo‘shiq va ibodat