Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Haqiqiy masihiylar sevgi bilan ajralib turadi. Xudbin bo‘lmang va achchiqlanmang

Haqiqiy masihiylar sevgi bilan ajralib turadi. Xudbin bo‘lmang va achchiqlanmang

BUNING MUHIMLIGI. Iso shogirdlari sevgi bilan ajralib turishini aytgandi. (Yuh 13:34, 35) Masihga o‘xshab sevgini namoyon etish uchun boshqalarning manfaatini ko‘zlashimiz va achchiqlanmasligimiz kerak. (1Kr 13:5)

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Kimdir gapi yoki xatti-harakati bilan dilingizni og‘ritgan bo‘lsa, muammoning sababini va qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizning oqibatlari haqida mulohaza yuriting. (Hk 19:11)

  • Barchamiz nomukammal ekanimizni va aytgan so‘zlarimiz yoki qilgan ishlarimizdan vaqt o‘tib afsuslanishimiz mumkinligini yodda tuting

  • Kelishmovchiliklarni darhol hal qiling

«ORANGIZDA MEHR-MUHABBAT BO‘LSIN. XUDBIN BO‘LMANG VA ACHCHIQLANMANG» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Leri Tomning taklifiga qanday munosabat bildirdi?

  • Tomga achchiqlanmaslikka nima yordam berdi?

  • Tomning muloyim javobi qanday natija keltirdi?

Tarang vaziyatlarda o‘zimizni tuta bilsak, jamoatga qanday foyda keltiramiz?